Ma’ruza matnlari.
100
12- ma’ruza
LEKSEMADA SHAKL VA MAZMUN. LEKSEMA SEMEMASINING
TARKIBI
Reja:
1. Leksemada shakl va mazmun dialektikasining o‘ziga xosligi.
2. Sememaning xususiyatlari.
3. Semema va tushuncha munosabati.
4. Serqirralikning leksema semantik strukturasida namoyon bo‘lishi.
5. Leksema sememasining tarkibi.
Kalit tushunchalar
lison, nutq, lisoniy birlik, nutqiy birlik, leksema, so‘z, shakl, mazmun
O‘zlashtiriladigan tushunchalar
nomema, sonema, semema
1. Leksemada shakl va mazmun dialektikasining o‘ziga xosligi.
Barcha narsalar shakl va mazmun yaxlitligidan iborat dialektik butunlik
bo‘lganligi kabi leksema ham tashqi va ichki jihatdan tashkil topadi.
Leksemaning tashqi qobig‘i
nomema deb ataladi.
Nomemaгрек тилидан
morfema, sonema, leksema, semema so‘zlariga qiyosan yasalgan.
Sonema
morfemalarning tovush qobig‘ini anglatsa,
nomemadeganda leksemaning
moddiy tomonini tashkil etgan nutq tovushlari nazarda tutiladi. Masalan,
kitob
leksemasining tashqi tomoni k + i + t + o + b tovushlari yig‘indisi. Albatta, bu
tovushlarning shunchaki yig‘indisi, to‘plami emas, balki unli va undosh
tovushlardan iborat fonetik
butunlik, sistemadir.
Shu o‘rinda bir narsaga alohida e’tibor qilish lozim. Ma’lumki, lisoniy
birlik moddiylikdan xoli deya talqin qilinadi. Shunga ko‘ra, leksema ham,
boshqa lisoniy birliklar kabi moddiylikka ega bo‘lmasligi lozim. Chunki u
to‘laqonli lisoniy birlik. Demak, moddiylik so‘zi bu o‘rinda bevosita sezgi
a’zosiga ta’sir qiladigan deya jo‘nlashtirilmasligi lozim. Yoki shakl deganda
moddiy ko‘rinishga egalikkina tushunilmaydi. Biror narsa haqida o‘ylar
ekanmiz, ongimizda uning tashqi qiyofasini tasavvur qilgan holda
boshqalaridan ajratamiz. Narsaning ongdagi qiyofasi ham shakl deyiladi.
Nomema kishi biror leksema haqida o‘ylaganda, ichki nutqda yaqqol ma’lum
bo‘ladi. Voqelangan tashqi nutqda bu shakl haqiqiy, real moddiy qiyofa kasb
etadi. Demak, ongdagi leksemaning shakliy tomoni sezgi a’zolaridan
tashqarida, unga ta’sir qilmaydigan holatda bo‘lsa, leksema nutqiy
voqelanganda so‘zga aylanadi, moddiy bo‘lmagan shakl, ya’ni nomema
moddiylik
kasb etadi, sezgi a’zosi bilan his qilinadigan bo‘ladi.
Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni
semema deyiladi. Semema грекча
σημαίυω so‘zidan olingan bo‘lib, “ifodalayman” degan ma’noni bildiradi. U
Ma’ruza matnlari.
101
tilda
fonema, morfema, leksema so‘zlariga o‘xshash shaklda qabul qilingan.
Семема ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning
leksemada mujassamlashgan ko‘rinishi. Boshqacha aytganda, semema –
leksemaning ichki jihati.
Dostları ilə paylaş: