Salim... kitobi birikmasi uchun kelishiklar paradigmasidan qaratqich
kelishigining olinishi);
3) bir paradigmaning a’zolari o‘zaro o‘xshashlik bilan birga, har biri
ikkinchisidan qaysidir bir xususiy belgisi bilan farqlanib turishi (masalan,
tushum va jo‘nalish kelishiklari “oldingi so‘zni keyingi fe’lga tobelash”
vazifasini bajarishda o‘xshash, lekin biri “vositasiz to‘ldiruvchi sifatida
tobelash”, ikkinchisi “vositali to‘ldiruvchi yoki hol sifatida tobelash” belgisi
bilan farqlanadi);
4) paradigma a’zolari nutqda bir o‘rin va (mavqeda) kelib, bir-birini
ma’lum holatda almashtira olishi, o‘rnini egallashi (masalan, kitob... o‘qish birikmasini hosil qilishda tobe so‘zni bosh, tushum, chiqish kelishiklari
shakllantira oladi).