Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə111/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

O‘rmon-tundra. Subarktika mintaqasining janubida joylashgan bo‘lib, tundra zonasidan mo ‘tadil mintaqaning tayga zonasiga o‘tkinchi, tundra va siyrak o‘rmon
landshaftlaridan tashkil topgan tabiat majmusi hisoblanadi. Iqlimi tundra zonasiga nisbatan iliqroq, iyulning o‘rtacha harorati +10°+15°S ni tashkil etadi. Yog‘in miqdori g‘arbda 400 mm dan sharqda 600 mm gacha ko‘payadi. Tuproq qoplami gleyli-botqoq, torf-gleyli, gleyli-podzol tuproqlaridan tarkib topgan. O‘t o‘simliklari orasida yashil moxlar va yashil lishayniklari ko‘pchilikni tashkil etadi. Siyrak o‘rmonlarida Kanada yeli, oq va qora yellar, Amerika tilog‘ochi, qayin, teraklar o‘sadi. Hayvonot olamida tundra va taygaga xos fauna turlari uchraydi.
Tayga. Mo‘tadil mintaqaning qoramtir igna bargli o‘rmonlaridan tashkil topgan murakkab tabiiy hududiy majmuadir. U Alyaska Kordil’erasining g‘arbi Tinch okean sohillaridan, Labrador yarim orolining sharqiy Atlantika okeani sohillarigacha bo‘lgan polosani va Nyufaundlend orolini egallagan. Kanada o‘rmonlarining 80,1 % maydonini tayga tashkil etadi. Yillik radiasiya balansi 20-30 kkal/sm2 ga teng. Taygada tuproqlarining hosil bo‘lish jarayoni sovuq iqlim, qorli qish, sernam salqin yoz sharoitida kechadi. Bunday iqlim sharoitida o‘simlik qoldiqlari sekin chiriydi. Shuning uchun tuproq tarkibida chirindi moddalari kam. Tayganing tipik zonal tuprog‘i podzol (kulrang) tuproqlardir. Shimoliy Amerika taygasida baland bo‘yli igna bargli daraxtlarning endemik turlari o‘sadi. Zonaning sharqiy qismida Kanada yeli, Amerika tilog‘ochi, qora va oq qarag‘ay, balzam pixtasi ko‘p uchraydi. Tayga o‘rmonlarining janubiy qismida balzam teragi, oq qog‘ozbop qayin, tog‘ terak kabi bargli daraxtlar aralash holda o‘sadi. Daraxtlarning tagida qizil va qora smorodina, malina, chernika va boshqa rezavor mevali butalar keng tarqalgan. Zonaning g‘arbiy Tinch okean sohilida bo‘yi 80-100 m ga yetadigan daraxtlar o‘sadi. Duglas pixtasi, sitxi yeli, qizil kedr baland bo‘yli daraxtlarning tipik vakillaridir.Tayga zonasi hayvonot olamiga juda boy. Yirtqich hayvonlardan qora ayiq, Kanada silovsini, Amerika suvsari, bo‘ri va tulkilar o‘txo‘r hayvonlardan los, vaktiga kiyigi yashaydi. Milliy bog‘larda bizonlar saqlangan. Qimmatbaho mo‘yna beruvchi hayvonlardan qunduz va ondatra bor.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin