Oliy va o’rta maxsus ta’lim


Subtropik doimiy yashil o‘rmonlar



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə113/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Subtropik doimiy yashil o‘rmonlar. Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida, keng bargli o‘rmonlardan janubda joylashgan. Bu zona Missisipi va Atlantikabo‘yi pastekisliklarining janubiy qismini o‘z ichiga oladi. Musson iqlimli sernam o‘rmonlar tagida sariq va qizil tuproqlar tarqalgan. O‘rmonlarda doimiy yashil magnoliya, buk, eman, sarv daraxti o‘sadi.
O‘rmon-dasht. Kanada taygasidan janubda, AQSh ning aralash va keng bargli o‘rmonlaridan g‘arbda joylashgan. Uning tarkibiga Markaziy tekisliklarning g‘arbiy, Missisipi daryosining o‘ng sohilidagi qismi, Buyuk tekisliklarning shimolidagi shimoliy va janubiy Saskachevan daryo oralig‘i kiradi. Radiasiya balansi shimoldan janubga tomon 30 kkal/sm2 dan 50 kkal/sm2 gacha o‘zgarib boradi. Zonaning o‘tkinchi xarakterli xususiyatlari tuproq-o‘simlik qoplamida va hayvonot olamida aniq seziladi. Shimoliy o‘rmon-dashtda chimli-podzol, o‘rmon bo‘z va ishqorsizlangan qora tuproqlar, janubiy qismida preriya qora tuproqlari keng tarqalgan. Tuproqlarning qoramtir gumus qoplamida 3-6% gacha chirindi bor. O‘simlik qoplami o‘tloq-dasht va o‘rmon tiplaridan iborat. O‘rmon-dasht zonasi inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida qadimdan yaxshi o‘zlashtirilgan. Shuning uchun asl preriya landshaftlari saqlanmagan. Zona hududida don ekinlaridan bug‘doy, arpa, zig‘ir, makkajo‘xori, suli ko‘p ekiladi.
Dasht. Bu zona o‘rmon-dashtdan g‘arbda joylashgan bo‘lib, unga Buyuk tekisliklarning deyarli hamma hududi va Markaziy tekisliklarning g‘arbiy chekka qismi kiradi. Zonaning radiasiya balansi o‘rmon-dashtga o‘xshash 30-50 kkal/sm2 ni tashkil etadi, lekin yog‘in miqdori sharqdan-g‘arbga tomon 500 mm dan 250 mm gacha kamayadi. Dashtlar mo‘tadil va subtropik mintaqalardagi qora va kashtan tuproqli, o‘t o‘simliklar bilan qoplangan o‘rmonsiz yerlardir. Zonada g‘alla gulli o‘simliklar – chalov, betaga, bizon o‘ti, borodach kabilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shimoliy Amerikada dashtlar preriyalar deb ataladi. Preriyalarning katta qismi
inson tomonidan o‘zlashtirilgan, unumdor yerlar haydalib, keng maydonda agrolandshaftlar barpo etilgan. O‘zlashtirilmay qolgan yerlar chorva boqiladigan yaylovlarga aylantirilgan. Preriyalarning o‘zlashtirilishi uning hayvonot olamiga ham ta’sir etgan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin