Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə249/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Hind okeaning boshqa okeanlardan tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlarini aniqlang, farqi nimada tavsif bering?

  2. Hind okeani tekshirilish tarixi to’g’risida ma’lumot bering?

  3. Okean suvining harorati, sho’rligi, suv balansi va oqimlari qanday o’zgaradi?

  4. Okeanda organik hayotning rivojlanishi, uning geografik tarqalishi qanday tabiiy omillarga bog’liq?

  5. Okean tabiatini muhofaza qilishning asosiy muammolari nimalarda o’z aksini topadi?



    1. SHIMOLIY MUZ OKEANI





Tayanch so’z va iboralar: Shimoliy qutb, arxipelag, fordlar, qutbyoni kengliklari, ko’tarilmalar, okeanografik kuzatishlar, dengiz va morena yotqiziqlari, arktika havzasi, materik sayozligi, Giperborey platformasi, Arktika havo massasi, Arktika antisikloni, dreyf muzliklari, toroslar, fitoplankton, zooplankton, zoobentos, bentos.


Okeanning tabiiy sharoiti. Shimoliy Muz okeani Yer yuzidagi okeanlar ichida eng kichigi bo’lib, akvatoriyasining maydoni jihat idan to’rtinchi o’rinda turadi. U Tinch okeanidan 13,5 marta, Atlantika okeanidan 7 marta va Hind okeanidan 6 marta kichik. Okeanning geografik o’rni Tinch, Atlantika va Hind okeanlaridan farq qilib, Arktikaning markaziy qismida qutbiy zonada joylashgan. Deyarli uning hamma tomoni, ayrim suv chegaralarini e’tiborga olmasak, Yevrosiyo va Shimoliy Amerika materiklarining shimoliy qirg’oqlari bilan chegaralangan. Tinch va Atlantika okeani bilan bo’g’izlar orqali tutashgan. Maydoni 14, 1 mln km2, suv hajmi 18 mln. km3 ni tashkil qiladi.
Arktika shimoliy qutb atrofidagi katta maydonni egallagan, unga okean akvatoriyasi, materiklarning shu okeanga tutashgan qismi, orollar va arxipelaglar kiradi. Shimoliy Muz okeani dastlab mustaqil okean sifatida 1650 yilda golland geografi B.Varenius tomonidan ajra tilgan va o’sha davrda Giperborey okeani deb atagan. 1845 yilda uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani deb ataydi.
Okeanning qirg’oq chiziqlari Kanadaning shimoliy qismida, arxipelaglarda va Grenlandiya sohillarida kuchli parchalangan. Fenoskandiya, Grenlandiya va Islandiya qirg’oqlarida fordlar va tik yonbag’irlar keng tarqalgan. Abrazion qirg’oqlar Barens, Oq va Kara dengizlari uchun xarakterli. Ammo, Shimoliy Muz okeani qirg’oqlarining asosiy qismi pastekisliklardan va ayrim joylari tog’lardan iborat. Iqlim sharoitining qattiqligi tufayli okean sohillarida aholi juda siyrak yashaydi va bu yerlar kam o’zlashtirilgan. Binobarin, okeanning geografik o’rni va umumiy tabiiy sharoiti nafaqat iqlimi balki, jahon chegaradosh davlatlar miqyosidagi iqtisodiy ahamiyatini ham belgilaydi (Ilova, 21-rasm).

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin