Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə86/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

La-Plata pastekisligi. Gran-Chakodan sharqda joylashgan o’lka shimoldan janubga 2400 km va g‘arbdan sharqqa 900 km masofaga cho‘zilgan. Uning asosiy qismi tektonik jihatdan Janubiy Amerika platformasining paleogen, neogen va antropogen davrlarning kontinental yotqiziqlari bilan to‘ldirilgan sinklizasi hisoblanadi. Pastekislik janubi-sharqda Atlantika okeani qirg‘oqlari bilan tutashgan, g‘arbda qisman Kordil’era oldi tog‘lari bilan chegaralangan. Uning yer yuzasi deyarli bir xil tekislikdagi relyef shakliga ega. La-Plataning shimoli- sharqida va janubida qadimgi platforma asosida vujudga kelgan tepaliklar va baland bo‘lmagan tog‘lar uchraydi. Janubda Sharqiy Pampa hududida 1000 m gacha ko‘tarilib turgan Pampa Serralari yoki Buenos-Ayres Serralari shular jumlasidandir.
La-Plata pastekisligining iqlim xususiyatlari shimoldan janubga, sharqdan g‘arbga tomon o‘zgarib borishi bilan xarakterlanadi. O’lkaning shimoliy qismi tropik iqlim tipiga va janubiy qismi subtropik iqlim tipiga kiradi. Yog‘inlar yil davomida yog‘ib turadi, qurg‘oqchilik sezilmaydi. Janubi-g‘arbga tomon yog‘in miqdori kamayib, fasllararo farqlar yuzaga keladi. Parana va Urugvay daryolari oralig‘ida bir yilda 2000 mm atrofida yomg‘ir yog‘adi. Bu miqdor La-Plata daryosi qirg‘oqlarida 1000 mm gacha, undan g‘arbda 500 mm gacha kamayadi.
Pastekislikda sharqdan g‘arbga tomon yog‘in miqdorining kamayib borishi bilan birga iqlimning kontinentalligi orta borishi ham kuzatiladi. O’lkaning hamma hududida yoz oylari juda issiq, eng issiq oyning harorati janubda +23°+24°C dan shimolda +27°C gacha ko‘tariladi, yozda shimoldan issiq nam shamollar esib haroratni yanada oshiradi. May oyida harorat g‘arbiy hududlarda, Parana va Urugvay daryolari orlig‘ida +45oC gacha ko‘tariladi. Qishning o‘rtacha harorati hamma joylarda ijobiy, iyulning o‘rtacha harorati daryo oralig‘ida +15°C, sharqiy pampada +7°+9° C, g‘arbda +60 +10°C atrofida. Sovuq kunlar juda kam, sharqiy pampada harorat -10°C gacha pasayishi mumkin. Qishda ko‘proq janubiy sovuq shamollar esib, chang-to‘zonlar ko‘tarilib turadi. Qishda qor qoplami kuzatilmaydi, kamdan-kam yog‘adigan qor tezda erib ketadi. Umuman pastekislikning iqlim
sharoiti yil bo‘yi o‘simliklarning rivojlanishiga va qishloq xo‘jalik ishlarini davom etdirishga halaqit bermaydi.
La-Plata pastekisligining sharqiy qismi daryo suvlari bilan yaxshi ta’minlangan. Bu yerdan Parana va Urugvay daryolari hamda ularning irmoqlari oqib o‘tadi. G‘arbiy qismida aksincha, yer usti suvlari kam tarqalgan. Sharqiy pampada ham daryolar juda kam suvli bo‘lib, Kordil’era oldi tog‘laridan boshlanadi va pampa hududidan oqib o‘tib Atlantika okeaniga quyiladi.
O’lkada iqlimning sharqdan g‘arbga tomon o‘zgarishi tuproq-o‘simlik qoplamining zonallik xususiyatlarida o‘z aksini topgan. Tuproq-o‘simlik qoplamining meridional zonalar bo‘ylab tarqalishi yog‘inni sharqdan g‘arbga tomon kamayib borishining natijasidir. Pastekislikning janubiy qismining o‘simlik qoplamida o‘rmonlar yetakchi rol o‘ynaydi. O‘rmonlar asosan daryo vodiylari bo‘ylab keng tarqalgan. Ularning ko‘pchilik qismi doimiy yashil daraxtlardan tarkib toptan. O‘rmonlar tarkibida araukariy va bambuklar ko‘pchilikni tashkil etadi. Butazorlar orasida paragvay choyi ko‘p uchraydi. Daryo oralig‘idagi, vodiylardagi botqoqlashgan va suv bosgan yerlarda gidrofil o‘simliklar, ayniqsa qamishzorlar yaxshi saqlangan.
Janubi-g‘arbga tomon iqlimning kontinentallashishi daraxtzorlarning kamayishiga va ularning o‘rnini boshoqli o‘simliklar egallab olishiga sharoit yaratadi. Sharqiy pampada daraxt umuman uchramaydi, qora tuproqli tekisliklar chalov, selin kabi boshoqli o‘simliklar bilan qoplangan bo‘lib, ular mo‘tadil mintaqaning dasht landshaftlarini eslatadi. Pampaning katta qismi o‘zlashtirilgan qishloq xo‘jaligida bug‘doy, makkajo‘xori, ozuqa beradigan madaniy o‘tlar ekiladi. Kordil’era oldi va Pampa serralari. G‘arbga tomon ko‘tarilib borayotgan
Gran-Chako va Pampa tekisliklari o‘rtacha balandligi 2500-4000 m keladigan meridional ravishda yo‘nalgan tik yonbag‘irli tog‘ tizmalari bilan tutashadi. Bu materik ichki qismida joylashgan, Janubiy Amerikaning boshqa o‘lkalaridan maydonining kichikligi, iqlimining keskin kontinentalligi, Atlantika okeanidan uzoqligi, Tinch okeandan And tog‘lari orqali to‘silib turganligi va landshaft xususiyatlari bilan farq qiladigan Kordil’era oldi va Pampa serralari tabiiy geografik o‘lkasidir.
Sharqiy pampa tekisligidan g‘arb tomonda quruq G‘arbiy pampa joylashgan. G‘arbiy Pampada shimoldan janubga tomon cho‘zilgan o‘rtacha balandlikdagi tog‘ tizmalari mavjud bo‘lib, ular Pampa serralari deb ataladi. Bular Serras-de-Kordova (Champaki tog‘i, 2884 m), San-Luis va boshqalardir. Ulardan g‘arb tomonda meridional ravishda cho‘zilgan Kordil’era oldi baland tog‘ tizmalari joylashgan. Kordil’era oldi tizmalari Serra-del-Akonkixa (5550 m), Kordil’era-de-Famatina (Mexikana tog‘i, 6250 m), Serra-de Sanogasta, Kordil’era-de-la-Puntilya (4924 m) va boshqalardan tashkil topgan.
Meridional yo‘nalgan Kordil’era oldi tog‘ tizmalari va Pampa serralarining kelib chiqishi turli davrlar bilan bog‘liq. Shimoli-g‘arbiy serralar kembriygacha bo‘lgan qadimgi strukturalarning qoldiqlari bo‘lsa, janubi-g‘arbdagi serralar quyi gertsin burmalanishida vujudga kelgan. Keyinchalik And tog‘larining ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan vertikal harakatlar natijasida gorstlar – tik yonbag‘irli tog‘lar
va grabenlar – tog‘ oralig‘i botiqlari hosil bo‘lgan. Meridional cho‘zilgan tog‘ tizmalarini bir-biridan Salta, Tukuman, Kordova, San-Xuan, Mendos, La-Rioxa, Katamarki bo‘ylama botiqlari ajratib turadi. Ularning uzunligi 100-150 km dan 400 km gacha boradi.
Bo‘ylama tog‘ oralig‘i botiqlari okean sathidan turli xil balandliklarda joylashgan. Ularning o‘rtacha balandligi 2000-2500 m gacha yetadi. Faqat sharq tomonda joylashgan botiqlar juda pastligi bilan ajralib turadi. Jumladan, Salinas- Grandes (Katta sho‘rxok) botig‘i okean sathidan 170 m va Mar-Chikita (Kichik ko‘l) ko‘li 70 m balandlikda joylashgan. O‘lkaning tog‘ oralig‘i botiqlaridagi paleogen va neogen yotqiziqlari neft, tabiiy gaz konlariga, kristall jinslardan iborat tog‘ tizmalari rangli metallar konlariga boy.
G‘arbiy Pampa tekisligida va tog‘ oralig‘i botiqlarida sharqdan g‘arbga tomon iqlimning kontinentalligi va quruqligi orta boradi. Yillik yog‘in miqdori G‘arbiy Pampada 250-300 mm dan o‘lkani And tog‘laridan ajratib turuvchi bo‘ylama tog‘ oralig‘i botiqlarida va meridional cho‘zilgan tog‘larning g‘arbiy yonbag‘irlarida 100 mm gacha kamayadi. Atmosfera yog‘inlari faqat yoz oylari kuzatiladi. Namlikning yetishmasligi qish oylarida kuchli seziladi. Qurg‘oqchilik bo‘lgan yillarda Mendos, San-Xuan kabi botiqlarda yog‘in umuman bo‘lmaydi. Bu yerlarda qurg‘oqchilik ikki-uch yillab davom etadi. Masalan, San-Xuan botigida qurg‘oqchilik surunkasiga 671 kun davom etib, bir tomchi ham yomg‘ir yog‘magani kuzatilgan.
Gran-Chako va G‘arbiy Pampa tekisliklari ustidan ko‘tarilib turgan Serra-del- Akonkixa, Serras-de-Kordova tog‘ tizmalarining sharqiy yonbag‘irlari Atlantika okeanidan keladigan havo massalarini ushlab qolganligi sababli yog‘in miqdori botiqlarga va tizmalarining g‘arbiy yonbag‘irlariga tushadigan yog‘in miqdoriga nisbatan qariyib uch-to‘rt martaga ko‘payadi va 700-1000 mm ni tashkil etadi. Kordil’era oldi va Pampa serralarida havo harorati sutka va yil davomida keskin o‘zgarib turadi. Qish oylarida haroratning qeskin o‘zgarishi botiqlarda yaxshi seziladi. Bu yerlarda o‘rtacha oylik harorat +100+11° C atrofida bo‘ladi. Kechalari haroratning pasayishi tufayli suv yuzalari muzlaydi, kunduz paytlari quyosh chiqishi bilan harorat +20°C gacha ko‘tariladi.
O‘lka hududi, ayniqsa uning g‘arbiy qismi daryo to‘riga juda kambag‘al. Botiqlar ichki oqimlarning mahalliy havzalari hisoblanadi. Ayrim sharqqa qarab oquvchi daryolar kam suvligi tufayli qumlar orasida yo‘qolib ketadi yoki sho‘r botqoqliklarga va ko‘llarga kelib quyiladi. Daryolardan Rio-Dulse Mar-Chikita ko‘liga, Rio-Kolorado Atlantika okeanining Rinkon qo‘tig‘iga quyiladi.
Tog‘ oralig‘i botiqlarida chala cho‘l va tog‘ etaklarida dasht landshaftlari rivojlangan. Chala cho‘l va dashtlarda o‘t o‘simliklari bilan bir qatorda past bo‘yli akasiyalar, mimozalar, kaktuslar, tikanli butalar o‘sadi. Tog‘ tizmalarida landshaftlarning vertikal zonalligi mavjud. Bu tizmalarning 400-1600 m balandlikdagi sharqiy yonbag‘irlari tropik o‘simlik tipidan subtropik o‘simlik tipiga o‘tuvchi qalin o‘rmonlar bilan qoplangan. Zirk daraxtidan tashkil topgan o‘rmonlar 2500 m gacha ko‘tariladi. Undan yuqorida kserofit dasht o‘t o‘simliklari o‘sadi.
Kordil’era oldi va Pampa serralarining tog‘ oldi tekisliklarida, tog‘ oralig‘i botiqlarida agrolandshaftlar keng tarqalgan, Tukuman, Kordova, Mendos va boshqa
vohalar barpo etilgan. Mendos vohasida uzumchilik rivojlangan, sug‘oriladigan maydonlarda shakarqamish, makkajo‘xori, bug‘doy, tamaki, turli xil mevalar yetishtiriladi. O‘zlashtirilmagan tipik chala cho‘l va dasht ladshaftlaridan yaylov sifatida foydalaniladi.
O‘lka hududida chorvachilikning bir necha turlari mavjud: shimolda xachir va go‘sht uchun qoramol, g‘arbda buqa va echki, janubda qo‘y boqiladi. Shuning uchun botiqlardagi sug‘oriladigan yerlarning asosiy qismi beda va turli xil o‘t ekinlari bilan band.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin