Мo’’tadil va subtropik mintaqalarda joylashgan tabiat zonalari. Bu zonalar tabiiy landshaftida o’rmonlar bilan dashtlar almashinib keladi. Mo’tadil mintaqalarda materiklar ichki qismida keng
maydonlarni egallagan.
O’rmontundra
Shimoliy yarim sharning subarktika mintaqasidagi tabiiy zona, janubda mo’’tadil mintaqaning o’rmon zonasi bilan shimoldagi
tundra zonasi orasida joylashgan.
Ob-havo
Atmosfera quyi qismining (havoning) muayyan bir qisqa vaqtdagi
tabiiy holati. Vaqt va masofada tez o’zgarib turadi.
Okeanoqimlari
katta hajmdagi okean suvlarining uzoq masofalarga yo’nalgan
gorizontal harakati.
Okean yerpo’sti
okean tagini o’z ichiga oladi, cho’kindi va bazalt qatlamdan iborat.
Parallellar
Yer yuzasida ekvatorga paralel o’tkazilgan shartli doira chiziqlar.
Karta globuslarda gradus to’rining asosiy tarkibiy qismi.
Passatlar
yuqori bosimli subtropik mintaqadan past bosimli ekvatorga qarab
sharqdan esadigan doimiy shamollar
Pasttekislik
mutloq balandligi dengiz sathidan 200 m gacha bo’lgan tekisliklar.
M., Kaspiy bo’yi pasttekisligi.