5.2. O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari.
5.2. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi.
5.3.Analog o‘lchash asboblari, magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik o‘lchash asboblari, ularning shartli belgilari.
5.4. Raqamli o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari.
Aniqlik – 1) mashinasozlikda– tayyorlanadigan buyumlar (detallar, uzellar, mashina asboblari)ning oldindan belgilangan parametrlarga, chizmada berilganiga, texnik shartlarga, standartlarga mos kelish darajasi. Har qanday texnologik jarayonda muayyan xatolik boʻladi, shuning uchun mutlaq A. ga erishib boʻlmaydi. A. shakli, oʻlchami, oʻzaro joylashish aniqligi kabi xillarga boʻlinadi. Yoʻl qoʻyiladigan A. (dopusklar) tizimiga muvofiq detallarning oʻlchamlariga chegaraviy oʻlchamdan ogʻish (qoʻyim) bilan A. kiritiladi; 2) avtomatik boshqarish tizimi (ABT)da – boshqarish jarayonining talab etil-ganga yaqinlashishi darajasini belgi-lovchi eng muhim koʻrsatkichlardan biri. Boshqarish jarayonining talab etilgandan ogʻishi boshqarish ob’ekti va ABT dinamik xossalaridan, ABTga kiradigan oʻlchash hamda ijro qurilmalarining xatoliklari, ba’zi elementlarning ichki shovqinlari va tashqi xalaqitlaridan kelib chiqadi; 3) oʻlchashda – oʻlchash natijalarining oʻlchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish darajasi; 4) oʻlchash asboblarida– oʻlchash as-boblari koʻrsatgan qiymatning maxsus asbob yordamida oʻlchangan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish darajasi.