Maqsadlarning qo’yilishi.
Umumiy maqsadlar DTS, o’quv dasturidan o’tiladigan mavzu yuzasidan talabalarda qanday bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish muhimligi aniqlashtirilib, shu asosida mashg’ulot maqsadlari belgilab olinadi. Pedagog maqsadi
1-ta’limiy mashg’ulot jarayonida talabalarda dunyoqarashni kengaytirish, bilish faoliyati; bilimlarni amaliyotda qo’llash; ma’lum ko’nikma va malakalarni shakllantirish;
2-tarbiyaviy mashg’ulot jarayonida talabalarda mustaqillik, o’zaro munosabat, axloqiy yo’nalishlarni, mustaqil faollikka asos bo’luvchi motivlarni shakllantirish;
3-rivojlantiruvchi mashg’ulot jarayonida talabalarda diqqat, nutq, taqqoslash, refleksiya, aniq echimlarni izlab topish ko’nikma-larini, mashg’ulotga nisbatan qiziqishni rivojlantirish bilan belgilanadi.
O’quv maqsadlarini aniqlashtirishning ahamiyati O’quv maqsadlarini, ularni alohida qismlarga ajratib aniqlash-tirish jahon pedagogikasida keng ommalashgan. Bunday yondashuvga asosan o’quv maqsadlariga erishilganlikni yaqqol aniqlash mumkin. Bunda o’quv maqsadlari tizimi yaratilib, o’zaro bog’liqlik ketma-ketligida joylash-tiriladi, ya’ni ularning taksonomiyasi tuziladi. O’quv maqsadlarining bu tizimi xalqaro miqyosda mashhur bo’lib, Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. “Taksonomiya” tushunchasi grekcha - tartib bilan joylashtirish bo’lib, biologiya fanidan olingan. U obektlarni, ularning o’zaro bog’liq-ligiga asoslanib va toifalari murakkablashib boradigan ketma-ketlikda joylashtirib turkumlash va tizimlashtirishdir. Blum taksonomiyasini qo’llash, o’qitish maqsadlarini umumlashgan holda bayon qilish imkoniyatini beradi. Undan foydalanilganda pedagog maqsadlarni ajratadi va aniqlashtiradi hamda tartibga soladi. Bu taksonomiya yordamida pedagog nafaqat o’quv maqsadlarini aniqlashtirishga, balki ularni o’zaro bog’liq bo’lgan qat’iy kema-ketlikda joylashtirishga muvaffaq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |