216
gaplar tuzish singari amaliy topshiriqlar orqali bu so‘z
turkumi
xususida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Shundan so‘ng olmoshlarning ma’no guruhlari o‘rganiladi.
«
К
o‘rsatish olmoshlari» mavzusi o‘rganilar ekan,
bu, shu, o‘sha, u
olmoshlari gapdagi biror so‘zni aniqlab kelishi ham, matndagi biror
tushuncha yoki fikrga ishora qilib, uni almashgirib kelishi ham
mumkinligini bilib oladilar. Mazkur mavzuni o‘rganishda asosiy
e’tibor bu olmoshlarning ma’nosi, imlosi, talaffuzi va qo‘llanilishiga
qaratiladi.
К
ishilik olmoshlari xususidagi dastlabki ma’lumotlar
boshlang‘ich sinfda,
shuningdek, 5-sinfda berilgan. 7-sinfda esa bu
bilimlar takomillashtiriladi.
O‘quvchilar shaxs, predmet, voqeaga ishora etuvchi olmoshlarni
puxta egallashlari uchun gap yoki matndan darslikda berilgan
(masalan,
Rahimjon bugun xursand. U chigal jumboqni echdi.
Rasmda chiroyli manzara tasvirlangan ekan. Bunday rasmlardan biz
ona tili mashg‘ulotlarida tez-tez foydalanamiz
)
men, sen, u, biz, siz,
ular, bu, shu, o‘sha, ana, mana, mana bu, anavi
singari
olmoshlarning
nimalarga ishora etayotganligini aniqlashlari, matndagi yoki
gaplardagi so‘z, so‘z birikmasi, gap, voqea-hodisa tavsifini ishora
so‘zlar bilan almashtirishlari, bu so‘zlarning ma’nosini sharhlashlari,
shunday so‘zlardan foydalanib matn yaratish
kabi amaliy ishlarni
bajarishlari maqsadga muvofiqdir.
O‘zlik olmoshi predmetni aniqlab yoki ta’kidlab ko‘rsatish uchun
xizmat qiladigan olmoshdir. O‘quvchilar berilgan gaplardagi
ko‘rsatish, kishilik olmoshlarini
Dostları ilə paylaş: