Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Nutq turlari. 
Odam nutq yordamida o‘zining fikrlari, his-
tuyg‘ulari, istaklarini bayon etadi va boshqalarning fikrlari, his-
tuyg‘ulari, istaklarini anglab oladi.
Inson nutqi rang-barang. Do‘stlarning suhbati ham, so‘zlayotgan 
kishining chaqirig‘i ham, san’atkorning sahnadagi monologi ham, 
o‘quvchining ma’lum bir so‘roqqa qaytarayotgan javobi ham nutqdir. 
Sharoitga qarab nutq turli xilda namoyon bo‘ladi. U ba’zan istak-
tilak, ba’zan chaqiriq-murojaat, ba’zan esa inson quvonchi yoki ruhiy 
iztirobi shaklida ifodalanadi. 
Nutq ichki va tashqi ko‘rinishlarga ega. Ichki nutq
 
odamning o‘z 
ichida gapiradigan passiv nutqi bo‘lib, u ikkinchi kishining ishtirokini 
talab yetmaydi. Shuning uchun ham bu nutq o‘z-o‘ziga qaratilgan nutq 
sanaladi va uni nazorat qilib bo‘lmaydi. Ichki nutq og‘zaki va yozma 
nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun ona tili ta’limi 
jarayonida ichki nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish lozim. 
Fikrni bir joyga to‘plash, nimalar xususida fikr yuritish kerakligini 
belgilash, bayon qilinadigan asosiy fikrning mohiyatini anglash, ichki 
nutqni rivojlantirishda muhim omildir. Ona tili mashg‘ulotlarida 
bajariladigan mustaqil ishlarning hammasi ichki nutq holatida 
boshlanib, keyin tashqi nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, 


306
insho, bayon yozishdan oldingi jarayon ichki nutq namunasidir. 
Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo‘lgan 
faol nutq bo‘lib, u og‘zaki va yozma shakllarga ega. 
Og‘zaki nutq 
odatdagi tovushli so‘zlashuv nutqi bo‘lib, bu nutq 
ko‘proq ohang va turli imo-ishoralar bilan aloqadordir. Unda 
murakkab grammatik qurilmalardan deyarli foydalanilmaydi. 
O‘quvchi og‘zaki nutqda ko‘proq sodda gaplarni qo‘llaydi: u o‘z 
suhbatdoshiga nimanidir ko‘rsatishi, mantiqiy urg‘udan foydalanib, 
ma’lum bir so‘zni alohida ta’kidlashi, nimanidir mimika, qo‘l, ko‘z, 
bosh harakati bilan anglatishi mumkin. Og‘zaki nutqda fikrni ixcham 
ifodalash maqsadida to‘liqsiz gaplardan foydalaniladi. Nutqning bu 
turi bir yoki bir necha kishi tomonidan amalga oshiriladi va monolog, 
dialog va polilogik shaklda namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin