Ona tili o‘qitish metodiкasi


Nutq mantiqiy fikrlash mahsuli



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Nutq mantiqiy fikrlash mahsuli. 
U taqqoslash, guruhlash, 
umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari bilan chambarchas 
bog‘langan. 
Taqqoslash shunday bir mantiqiy usuldirki, u bilan moddiy 
olamdagi narsalar va voqealarning bir-biriga o‘xshashligi va bir-
biridan farqi aniqlab olinadi; shu asosda muhim xulosalar chiqariladi. 
O‘quvchi bu faoliyat usulidan foydalanmay turib, mantiqan to‘g‘ri fikr 
yurita olmaydi. 
Nutqning mantiqan to‘g‘riligi esa avvalo fikrlarning aniq va bir-
biriga izchil bog‘langanligi, mavzudan chetga chiqmaslik, mazmunda 
mantiqiy ziddiyatlar va poyma-poy, mujmal jumlalar bo‘lmasligi, 
hukm va xulosalar asosli, ishonarli bo‘lishi demakdir. 
O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan yana bir muhim talab uning 
boy 
va rang-barangligidir. 
Nutqning boy va rang-barangligi avvalo fikrni 
bayon qilishda o‘zbek tilining leksik imkoniyatlari: ma’nodosh, 
uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan, tasviriy ifoda va 
iboralardan, «so‘z

olmosh», «so‘z

ibora», «so‘z

tasviriy ifoda», 
«so‘z

ramziy belgi» sinonimiyalaridan unumli foydalanishda, 
nutqning badiiy qimmatini oshiruvchi vositalar: maqol va matallardan, 
ulkan shoir va yozuvchilarning aforizmga aylanib qolgan iboralari va 
jumlalaridan, badiiy asarlardan olingan parchalardan, o‘zbek xalqining 
qochiriq so‘zlari va ko‘chma ma’noli so‘zlaridan, o‘xshatish, sifatlash, 


311
jonlantirish, istiora, mubolag‘a kabi badiiy til vositalaridan, ritorik 
so‘roqli gaplardan foydalanishida namoyon bo‘ladi. Tilning bu 
tasviriy vositalari nutqqa go‘zallik, joziba va rang- baranglik baxsh 
etadi. 
O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan talablardan yana biri uning 
aniq 
bo‘lishidir. 
Nutqning aniqligi bu faqat narsa, voqea-hodisani 
tasvirlash yoki bayon qilish emas, balki shu narsa, voqea-hodisa 
uchun xos bo‘lgan belgilarni aniqlash, ularning tasviriga mos 
tushadigan so‘z, so‘z birikmalari va gaplar tanlashdan ham iboratdir. 
Aniqlik nutqning boyligi va rang-barangligi bilan chambarchas 
bog‘langan. Ma’lum bir mazmunni turli shakllarda bera bilish, nutq 
sharoitiga mos tushadigan tasvir usulini tanlash nutqqa aniqlik 
kiritadi. 
Ohangdorlik 
ham o‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan muhim 
talablardan biridir. Ohang o‘quvchi nutqining ta’sirchanligini oshirish 
vositasi sanaladi. Shuning uchun she’riy asarlar, nasriy parchalarni 
ohangdorlikka amal qilgan holda o‘qiy olish malakasi ham o‘quvchi 
nutqiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bo‘lib hisoblanadi. U 
ohang yordamida nutqni sintagmalarga bo‘ladi, mantiqiy urg‘uni 
o‘rinli qo‘llaydi. Shu sababli, ifodali o‘qish malakalari faqat adabiyot 
darslaridagina emasalan, balki ona tili mashg‘ulotlarining ham 
tarkibiy qismiga aylanmog‘i lozim. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin