Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

 
3. O‘quvchi nutqidagi kam
iste’mol
so‘zlarni iste’molli
so‘zlarga
aylantirish.
Ko‘p hollarda o‘quvchi so‘zning ma’nosini 
bilsa-da, ammo nutqda undan deyarli foydalanmaydi. Bu holni 
bartaraf etish uchun matndagi ma’lum bir so‘zni uning ma’nodoshari, 
uyadoshlari, qarama-qarshi ma’nolari bilan almashtirish, nuqtalar 
o‘rniga mazmunga muvofiq keladigan zarur so‘zni topib qo‘yish kabi 
amaliy ishlardan unumli foydalansa bo‘ladi. 
4. O‘quvchi nutqidagi adabiy tilga zid so‘zlarni bartaraf etish. 
Ma’lumki, o‘quvchilar nutqida adabiy tilda boshqacha aytiladigan 
yoki umuman adabiy tilda bo‘lmagan bir qator so‘zlar (shevaga oid 
so‘zlar, arxaik so‘zlar) borki, ular nutqning
sofligi, tushunarligi, 
badiiyligiga putur yetkazadi. Bu salbiy holning oldini olish uchun 
ko‘proq talaffiizi va yozilishi adabiy tildan farq qiluvchi so‘zlarni 
adabiy tilda yozish, matndagi shevaga oid so‘zlar yoki arxaik so‘zlarni 
adabiy tildagi so‘zlar bilan almashtirishdan foydalanish mumkin.
O‘qituvchi darsga tayyorlanar ekan, qaysi so‘zlar o‘quvchining 
lug‘atiga kirishi, qaysi so‘zlaming ma’nolari izohlab berilishini 
aniqlab olishi zarur. Masalan, «Undosh tovushlaming talaffuzi va 
imlosi» mavzusi o‘rganilayotganda o‘quvchilar atigi bitta tovush bilan 
farqlanuvchi 
bir, bil, biy
singari so‘zlarga duch keladilar. Shubhasiz
yuqoridagi so‘zlardan 
biy
(
bek
ma’nosida otlarga qo‘shilib keladigan 
va onda-sonda urug‘ boshlig‘i ma’nosida mustaqil kela oladigan so‘z). 
Masalan:
 Biylar bir yoqadan
bosh chiqarishga
so‘z berdilar. 


314
Abdurahmonbiy qo‘rboshi bo‘lsa ham ularning orasida obro‘yi 
baland edi
kabilarning ma’nosi izohlanishi va o‘quvchilar 
iste’molidagi so‘zga aylantirilishi lozim. O‘quvchilarning so‘z 
boyligini oshirishda quyidagi usullardan foydalanishni maqsadga 
muvofiq deb bilamiz:

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin