316
ota-onalari, keksalar bilan suhbatda bo‘ladilar, mavjud izohli
lug‘atlarga murojaat qiladilar. Otlarning ma’no guruhlari masalan,
to‘y-tomoshalarni ifodalovchi otlarni o‘tib bo‘lgach, bolalar yashab
turgan mahallada to‘y-tomoshalarni ifodalovchi so‘zlar lug‘atini
tuzishni topshirish mumkin. 6-sinf o‘quvchilari bu topshiriqni katta
qiziqish bilan bajaradilar. Ular
non sindirdi, ro‘mol berdi,
hinobandon, domodbari, kelin ko‘rdi, kelin challadi, beshik to‘yi
singari bir qancha so‘zlarni to‘plab, ularning ma’nolarini izohlaydilar.
Ona tilini o‘qitish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish,
birinchi navbatda, ularning so‘z boyligini oshirishni taqozo etadi.
O‘quvchilarni doimiy ravishda ular birinchi marta duch kelayotgan
yangi so‘zlar hamda fan-texnika taraqqiyoti natijasida tilimizga kirib
kelayotgan yangi so‘zlar
bilan tanishtirib borish, so‘zlarning yangi
ma’no qirralarini ochib berish, nutqdagi kamiste’mol so‘zlarni
seriste’mol so‘zlarga aylantirish, adabiy til uchun zid bo‘lgan so‘zlarni
o‘quvchilar nutqidan chiqarib tashlash faqat ona tili fanining
emasalan, balki maktabda o‘qitiladigan
barcha fanlarning,
shuningdek, oila va jamoatchilikning asosiy vazifasidir.
A. R. Sayfullayev o‘zining «Ona tili darslarida nutq o‘stirish»(5-
sinf materiallari asosida. Toshkent, 1997), «Ona tili darslarida nutq
o‘stirish» (6-sinf materiallari asosida. Toshkent, 1998), «Ona tili
darslarida nutq o‘stirish» (7-sinf materiallari asosida. Toshkent, 2000),
«Ona tili darslarida nutq o‘stirish» (8-sinf materiallari asosida.
Toshkent, 2002) nomli metodik qo‘llanmalarida o‘quvchilarning
og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, tafakkurini
rivojlantirishga alohida
ahamiyat berib, mavzularni o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar nutqini
o‘stirishning metod va usullarini keng bayon qilgan.
Dostları ilə paylaş: