328
voqea-hodisalar haqida fikr yuritiladi. Shuning uchun bu insho kichik
hikoya deb ham yuritiladi.
O‘quvchilarning bu kichik nasriy janrga bo‘lgan qiziqishini
oshirish, uni tahlil qila olish mahoratini shakllantirish
xuddi shunday
hikoyalar yaratishga o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarni rivoya
-
insholar yozishga o‘rgatish avvalo ularni
shu nasriy janrning o‘ziga xos xususiyatlari
bilan tanishtirishdan
boshlanadi.
Hikoya kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etilgan
nasriy asar sanaladi. U uch tarkibiy qismdan iborat: a) tugun;
b) voqea-hodisaning
rivojlangan nuqtasi; v) yechim.
Tugun
bu harakat boshlanadigan hodisalarning rivojlanishiga
turtki bo‘ladigan voqeadir.
Voqea
-
hodisaning rivojlangan nuqtasi ish-
harakat
va kurashning keskinlashgan, avj olgan o‘rni sanaladi.
Yechimda
bayon qilinayotgan voqea-hodisa o‘z xotimasiga etadi.
O‘quvchilarga hikoya yaratishni o‘rgatishning muhim shartlaridan
biri voqea-hodisani tanlashga o‘rgatishdir. Ular ko‘pincha hayotda
juda ko‘p voqea- hodisalarga duch kelsalar-da,
ammo nimalar haqida
yozish kerakligini bilmaydilar. Shuning uchun ko‘proq o‘quvchilar
hayotidan olingan va rivoya
–
inshoga material bo‘la oladigan voqea-
hodisalar ustida ishlash maqsadga muvofiqdir.
Shubhasiz, boshdan
kechirilgan sarguzashtlar, eshitilgan, ko‘rilgan,
kuzatilgan voqea-
hodisalar rivoya
–
insho uchun boy material bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabda o‘quvchilar yaratadigan hikoyalar tur jihatidan xilma-xildir.
Ana shulardan biri
Dostları ilə paylaş: