Ona tili o‘qitish metodiкasi


O‘quvchilarni tilxat yozishga o‘rgatish



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

O‘quvchilarni tilxat yozishga o‘rgatish
. Tilxat ham eng ko‘p 
qo‘llaniladigan ish qog‘ozlaridan biri bo‘lib, u qarz yoki boshqa biror 
narsa olganlik yoki o‘z zimmasiga olingan majburiyat va’da va 
hokazolar haqida javobgar shaxs tomonidan imzo chekib, tasdiqlab 
berilgan rasmiy hujjatdir. Unda, albatta, tilxat muallifining lavozimi 
va to‘liq nomi, pul, hujjat va hokazo, narsani beruvchi shaxsning 
lavozimi va to‘liq nomi hamda pul, hujjat, buyum va boshqa narsaning 
nomi, miqdori (bahosi) raqamlar bilan ko‘rsatiladi. Biz «Son» so‘z 
turkumini o‘rganish jarayonida tilxat matni ustida ishlashni maqsadga 
muvofiq deb bilamiz. O‘quvchilar berilgan raqamlar ishtirokida ham 
shunday matnlar yaratishlari mumkin.
O‘quvchilarni majlis bayonini yozishga o‘rgatish
. O‘quvchi 
turli yig‘ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishi, majlis 
qatnashchilarining chiqishlari, ular qabul qilgan qarorlarni maqsadga 
muvofiq ravishda aniq va to‘g‘ri ifodalash ko‘nikma va malakalariga 
ega bo‘lsagina amaliy faoliyatida undan bemalol foydalana oladi.


338
Boshqa ish qog‘ozlari singari majlis bayoni ham o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega.
U kirish va asosiy qismdan iborat. Kirishda 
yig‘ilish sanasi, shartli raqami, joyi, rais va kotibning familiyasi, 
qatnashgan va taklif qilingan kishilar (agar ular 15 kishidan oshmasa, 
familiyasi majlis bayonida yoziladi, oshgan taqdirda soni ko‘rsatilib, 
familiyalari alohida varaqda ilova qilinadi), kun tartibi ko‘rsatiladi. 
Asosiy qismda esa har bir masala yuzasidan berilgan qisqacha 
axborot, so‘zga chiqqan kishilar (familiyasi, lavozimi ko‘rsatiladi), 
muhokama qilinayotgan masala yuzasidan ularning bayon qilgan 
fikrlari, qabul qilingan qarorlar qayd etiladi.
O‘quvchi kun tartibidagi har bir masalani xat boshidan yozish 
kerakligini, ularni bosh kelishikda ifodalash lozimligini, matnning 
«eshitildi», «so‘zga chiqdilar», «qaror qilindi» qismlaridan iborat 
ekanligini, har bir masala yuzasidan bu qismlarning takrorlanishini 
bilishi shart. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin