339
2. «Ijodiy yozma matn ustida ish», «Insho va uning turlari» bo‘-
limlarini o‘rgatish orqali.
Birinchi yo‘nalish o‘zbek tili fonetikasi, leksikasi va
grammatikasidan har bir mavzuni o‘rganish orqali amalga oshirilsa,
ikkinchisi «Ijodiy yozma ish» tushunchasini sharhlash; rasm asosida
hikoya, manzara tasvirini yaratish; o‘quvchi va borliq; yozma ishda
o‘quvchi (muallif) o‘zligining namoyon bo‘lishi xususida ma’lumot
berish, mavzu tanlash, mavzuni yoritish uchun zarur material to‘plash,
yozma ishga reja tuzish (tor reja, keng reja), yozma ishga epigraf
tanlash, «xat boshi» tushunchasi, yozma ish matnini qayta ishlash,
matn uslubi ustida ishlash, ishni oqqa ko‘chirish, tekshirilgan yozma
ishning xatolari ustida ishlash va «Insho haqida ma’lumot» berish,
insho turlari (ilmiy insholar, badiiy insholar, erkin insholar) yuzasidan
bir qator ijodiy-amaliy ishlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: