Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

5-sinflar uchun
Birinchi mashg‘ulot
To‘garakka nom qo‘yish. O‘quvchilarni to‘garakning maqsad va 
vazifalari bilan tanishtirish. «To‘garak bizga nima beradi?» mavzuida 
suhbat. 
O‘quvchilardan til odobi, so‘zlash madaniyati xususida bilgan 
maqollarni so‘rash va mazmunini sharhlash. 
Topshiriqlar:
Til odobi va so‘zlash madaniyati xususidagi xalq maqollarini
yig‘ish va ularning ma’nolarini aniqlash. 
To‘y-tomoshalarni ifodalovchi so‘zlar lug‘atini tuzish va ularning 
ma’nolarini sharhlash. 
Ikkinchi mashg‘ulot
O‘quvchilar bilan o‘rgangan xalq maqollari yuzasidan suhbat 
o‘tkazish.
 
To‘y-tomoshalarni ifodalovchi so‘zlarning ma’nolari ustida 
ishlash. Bu so‘zlarning izohli lug‘atini tuzish. 
Topshiriqlar:
1

To‘y-tomoshalarni ifodalovchi so‘zlarning izohli lug‘atini 
tuzishni davom ettirish. 
2. Viloyat (tuman) aholisi nutqida uchraydigan kasb-hunarga oid 
so‘zlarni yozish. 
To‘garak mashg‘uloti dars mashg‘ulotini takrorlamaydi, balki uni 
to‘ldiradi va takomillashtiradi. Dars tuzilishi va qurilishi jihatidan 
muayyan qoliplar asosida tashkil etilsa, to‘garak mashg‘ulotida 
bunday qat’iylik bo‘lmaydi. O‘quvchi to‘garak mashg‘ulotida darsda 
olgan bilimlariga tayangan holda hayotiy tajribalarini ishga soladi. 
К
rossvordlar tuzish va yechish, insho tanlovi o‘tkazish, ma’lum bir 


344
she’riy asar yoki hikoyaning til xususiyatlari ustida ishlash singari 
ishlar to‘garak mashg‘ulotlarining qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. 
Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning ona tili faniga bo‘lgan 
qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini qiziqarli va maqsadga 
yo‘naltirilgan holda tashkil etish vositasidir. 
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarga savol-javob kechalari
uchrashuvlar, o‘tkir zehnlilar mushoirasi, so‘zlar olamiga sayohat, 
ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish, olimpiadalar, konferensiyalar, albom va 
devoriy gazeta chiqarish kabilarni kiritish mumkin. 
Savol-javob kechasida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga 
javoblar olishadi. 
К
echaga tayyorgarlik 1

1,5 oy oldin boshlanadi. 
O‘quvchilar maktabda tashkil etilgan qutiga o‘zlarini qiziqtirgan 
savollarni yozib tashlaydilar. Bu savollar mavzu jihatidan har xil 
bo‘lishi mumkin. Masalan, «O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi 
yozuvlari qanaqa bo‘lgan?», «Yozuv qanday kelib chiqqan?», «Lotin 
alifbosiga o‘tish bizga nima beradi?», «
К
o‘zi ojizlar qanday yozadi va 
o‘qiydi?», «Az-Zamaxshariy kim bo‘lgan?» kabi. Muayyan vaqt 
o‘tgach, to‘garak a’zolari savollarni yig‘ib, ularga javob tayyorlaydilar 
va kechani tashkil etadilar. 
Uchrashuvlar juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unga ona tili 
darsliklarnining mualliflari, mashhur tilshunos olimlar, hukumat 
mukofotiga sazovor bo‘lgan ona tili o‘qituvchilari taklif etilishi 
mumkin. Ayniqsa, shular orasida maktabning sobiq talabalari bo‘lsa, 
ularni taklif etish juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. 
O‘tkir zehnlilar mushoirasining mavzusi ham 1

1,5 oy oldin e’lon 
qilinadi. Bellashadigan guruhlar o‘zlariga sardor belgilaydilar. 
Mushoira shartlari asosida har bir guruh mustaqil tayyorgarlik ko‘radi. 
Mushoira odatda guruhlarning o‘zaro tabrigi bilan boshlanadi. 
Asosiy qism savol-javobdan iborat. Savollar o‘qituvchi yoki 
bellashayotgan guruhlar tomonidan tuzilishi mumkin. 
Hakamlar tabrik so‘zi va har bir savol-javobga tegishli ball 
qo‘yishadi hamda ular e’lon qilib boriladi. 
Mushoira ona tilining muayyan bir bo‘limi yoki bir necha kichik 
mavzularni o‘z ichiga olishi mumkin. Masalan, «Orfografiya», 


345
«To‘g‘ri talaffuz me’yorlari», «So‘zning shakl va ma’no 
munosabatlari», «So‘zlarning o‘zaro birikishi», «Sodda gap turlari», 
«Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro birikish usullari» 
kabi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin