337
faol bajarishini aniq ko‘rsatishni unutmasligi, ishonchnoma, albatta,
ishonch bildiruvchi tomonidan imzolanishi, berilgan vaqti
ko‘rsatilishini o‘qib olishlari lozim. Bu
hujjatning yana bir muhim
xususiyati unda ishonch bildiruvchi shaxsning imzosini tasdiqlagan
shaxsning lavozimi qayd etilishi va imzolanishi, bu imzo esa yumaloq
muhr bilan tasdiqlanib, uning sanasi ko‘rsatilishini
ham bolalar
bilishlari kerak.
O‘quvchilarni rasmiy ishonchnoma namunalari bilan ham
tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday ishonchnomalardan
ular kelajakda maktabni tugatgach, ishlab chiqarish jarayonida ko‘p
foydalanadilar. Bu hujjat, asosan, moddiy-buyum
boyliklarini olishda
qo‘llaniladi. O‘quvchlar unda, albatta, tashkilot rahbari va bosh
hisobchisining imzosi bo‘lishi hamda bunday ishonchnomalardan shu
muassasa yoki korxonada ishlaydigan kishilargina foydalana olishini
bilishlari kerak. O‘quvchilarni ishonchnoma matni bilan «Gapda
bog‘lanmagan (ajratilgan) bo‘laklar» mavzusini o‘rganish jarayonida
tanishtirish maqsadga muvofiqdir.
Chunki bunday matnlarda
ajratilgan bo‘laklar ko‘p qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: