4-sinf “O‘qish kitobi”dagi badiiy matnlarda qo‘llangan ko‘chma ma’noli so‘zlar ustida ishlash Bajardi



Yüklə 63,05 Kb.
səhifə1/12
tarix19.05.2023
ölçüsü63,05 Kb.
#127259
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi ko\'chma ma\'no q


O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Buxoro davlat universiteti
Pedagogika fakulteti
Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim uslubiyoti kafedrasi
Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan
kurs ishi
Mavzu: 4-sinf “O‘qish kitobi”dagi badiiy matnlarda qo‘llangan ko‘chma ma’noli so‘zlar ustida ishlash


Bajardi: Imomova Fotima, 4-2BTU-14
guruhi talabasi
Ilmiy rahbar: F. S. Safarov, boshlang‘ich va
maktabgacha ta’lim uslubiyoti
kafedrasi dotsenti
Buxoro – 2017

Reja:




Kirish
I bob. So‘zning ko‘chma ma’nosi va uning hosil bo‘lish usullari
1.1. So‘z va uning ma’nosi
1.2. So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari
II bob. 4-sinf “O‘qish kitobi” darsligidagi ko‘chma ma’noli so‘zlar ustida ishlash
2.1. 4-sinf “O‘qish kitobi” darsligida uchraydigan ko‘chma ma’noli so‘zlar
2.2. 4-sinf o‘qish darslarida ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar ustida ishlash
Xulosa

Kirish




Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Lug‘at ishi boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini ruvojlantirish uchun bajariladigan ko‘p qirrali va turli-tuman ko‘rinishdagi ishning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. O‘quvchilar faol lug‘atini kengaytirishga, ularda o‘z yoshiga va rivojlanishiga mos ona tilining leksik zahiralarini o‘z nutqiy faoliyatida qo‘llay olish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan so‘z ustida ishlash boshlang‘ich sinflardagi ona tili mashg‘ulotining birinchi asosi bo‘lishi kerak. Adabiy tilning lug‘at tarkibini o‘zlashtirish o‘quvchilarning tilni, uning grammatyikasi va imlosini o‘rganishning muhim shartidir.
Ma’lumki, so‘z nutqda o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. So‘zning o‘z ma’nosi uni nutqdan tashqarida olib qaraganimizda ifodalaydigan ma’nosidir. Nutqdan tashqarida so‘z ongimizdagi o‘xshashlik qatorlarida yashaydi. So‘zning ko‘chma ma’nosi esa, uning nutqda no‘meyoriy qurshovda boshqa tushunchani obraz­li tarzda ifodalovchi ma’nosidir.
So‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llash nutqning badiiyligi, ta’sirchanligini oshi-radi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda so‘zning ko‘chma ma’nosi ustida ishlash muhim amaliy ahamiyatga ega. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘zning ko‘chma ma’nosini tushunmaydi va so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llay olmaydi. Shu sababli boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish kitobi darsliklarida so‘zning ko‘chma ma’nosiga doir muntazam ish olib borish lozim.
Yuqorida aytilganlardan tadqiqot uchun tanlangan mavzuning dolzarbligi ayon bo‘ladi.

Yüklə 63,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin