1.2. So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari
So‘zning predmet, voqea-hodisa haqidagi dastlabki real ma’nosi so‘zning o‘z ma’nosi deyiladi: Kitob-o‘quv quroli, non-oziq-ovqat keldi-harakat qizil-rang-tus.
So‘zning o‘z real leksik ma’nosidan tashqari o‘xshatish, mubolag‘a yo kinoya usullari bilan boshqa ma’nolarda tusllanishi so‘zning ko‘chma ma’nosi deyiladi: Uy qurish uchun yer oldim (yer-joy) E, Quyosh, ko‘rsat yuzing (Quyosh-go‘zal sevgili), Tog‘ning beli (beli o‘rtasi) kabi.
Nutqiy kuchma ma’no so‘z semantik tarkibidagi ayrim semalarni betaraflashtirish (tushirib qoldirish, chetlashtirish) va boshqacha bir semasini kuchaytirish, bo‘rttirish orqali yuzaga keltiriladi. Chunonchi, yuqoridagi misolda "Quyosh" so‘zining planeta ma’nosi chetlashtirilib, chiroyli, yaltiroq, go‘zal semalarini bo‘rttirish asosida kuchli konnotativ ma’no hosil qilingan.
Metafora
Metafora so‘zi yunoncha bo‘lib, metaphora “ko‘chirish”, “ko‘chirma” demakdir.
Biror predmet, belgi yoki harakatning boshqasiga tashqi o‘xshashligi asosida ma’no ko‘chishi metafora deyiladi. Bunda predmetning rangi, shakli, harakat holati, xususiyati, o‘rni va paytga munosabati jihatidan o‘xshaligiga asoslaniladi. Masalan, choynakning jo‘iragi odamning burniga, dengizning kuruqlikka so‘kulib kirgan joyi odamning qo‘ltig‘iga o‘xshatiladi. Metafora ko‘proq odam tara o‘zosi nomiga (bosh, yuz, burun, og‘iz, quloq, til, oyoq); kiyim qismiga (etak, yoqa); hayvon, parranda yoki hasharotning biror a’zosi nomi (qanot, dum) kabilarga o‘xshatib hosil qilinadi.
Narsa va hodisa orasidagi o‘xshashlik quyidagicha bo‘lishi mumkin:
shakliy o‘xshashlik: odamning qulog‘i- qozonning qulog‘i, qush uchdi- odam uchdi;
joylashish o‘xshashligi: itning dumi samolyotning dumi, qo‘shni odam- qo‘shni dala;
mazmunan o‘xshashlik: tomdan yiqilmoq-imtihondan yiqilmoq, sovuq havo- sovuq xabar, qaynoq suv-qaynoq baxs, achchiq o‘t-achchiq sovuq, tomdan tushmoq-mansabdan tushmoq, odam o‘tirdi-fabrika o‘tirdi
Nutq jarayonida metaforadan o‘rinli foydalangandi so‘zlovchining badiiy-estetik qobilyati namoyon bo‘lib nutq ta’sirchan, jozibali chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |