4-sinf “O‘qish kitobi”dagi badiiy matnlarda qo‘llangan ko‘chma ma’noli so‘zlar ustida ishlash Bajardi


Funksional (vazifaviy) ko‘chirish



Yüklə 63,05 Kb.
səhifə7/12
tarix19.05.2023
ölçüsü63,05 Kb.
#127259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi ko\'chma ma\'no q

Funksional (vazifaviy) ko‘chirish


Biror predmet nomi boshqasiga ular bajargan vazifadagi o‘xshashlikka asoslanib ko‘chirilsa, funksional ko‘chirish deyiladi. Funksiya lotincha: faoliyat, vazifa demakdir.
Funksional ko‘chirish ham o‘xshashlikka asoslanadi. Bu jihatdan u metaforaga yaqin turadi. Farq shundaki, funksional ko‘chirishda tashqi ko‘rinish, material jihatdan o‘xshashlik emas, balki vazifa jihatidan o‘xshashlik asosga olinadi. Masalan: Qush organizmining uchish uchun xizmat qiladigan qismi qanot deb ataladi. Xuddi shunday vazifani bajaruvchi qism samolyotga nisbatan ham qanot deb nomlanadi. Xat yozish uchun avvallari qush pati ishlatilar edi. Uni pero der edilar. Bu asbob metaldan yasalgandan so‘ng ham pero deb yuritilaverdi. Tugma yaktakning boqchini tugish. Hozir-metall. Otlanmoq-biror joyga borish va h.q.
Kinoya so‘zini teskari ma’noda ishlatish kinoya deyiladi. Kinoyadagi so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi. Masalan, Nodir juda “ishchan” bolada gapida ishchan so‘zi dangasa ma’nosmda ishlatilmoqda.


II bob. 4-sinf “O‘qish kitobi” darsligidagi ko‘chma ma’noli so‘zlar ustida ishlash

2.1. 4-sinf “O‘qish kitobi” darsligida uchraydigan ko‘chma ma’noli so‘zlar



4-sinf “O‘qish kitobi” darsligida ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar ko‘p uchraydi. Misol uchun “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi”ni olib ko‘ramiz. She’rning birinchi bandi quyidagicha:
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay toabad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Bu bandda yashnagay va porlasin so‘zlari ko‘chma ma’noda qollangan. Yashnamoq so‘zining o‘z ma’nosi barq urib o‘smoq, gullamoq, guli ochilmoq ( ,128) bo‘lib, o‘simliklarga nisbatan ishlatiladi. Ko‘chma ma’nosi esa rivoj topmoq, kamolga erishmoq, avj olmoq ( ,128) bo‘lib, keltirilgan bandda bu so‘z shu ma’noda qo‘llangan. Ya’ni shoir yurtimizda toabad ilm-u fan, ijod rivojlanadi demoqchi. Porlamoq so‘zining o‘z ma’nosi yorqin nur sochib turmoq ( ,297). Yuqoridagi parchada esa taralmoq ma’nosini ifodalagan. Ya’ni shoir shuhrating taralsun demoqchi. Biroq porlasin so‘zi bu ma’noni obrazli, ta’sirchan tarzda ifodalayapti.


She’rning ikkinchi bandini tahlil qilamiz:
Oltin bu vodiylar ‒ jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor.
Bu bandda oltin va jo‘sh urmoq so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llangan. O‘zbek tilining izohli lug‘atida oltin vodiy so‘z birikmasiga noz-ne’matlarga boy, obod, yashnagan vodiy deb izoh berilgan () . Demak, madhiyada oltin so‘zi noz-ne’matlarga boy, obod, yashnagan degan ma’noda qo‘llangan. Jo‘sh urmoq so‘zining o‘z ma’nosi qattiq to‘lqinlanmoq, mavj urmoq bo‘lib , dengiz, ummon kabi narsalarga nisbatan ishlatiladi. Ko‘chma ma’nosi esa qaynamoq, to‘lib-toshmoq bo‘lib, she’rda bu so‘z shu ma’noda qo‘llangan. Ya’ni shoir buyuk xalq qudrati to‘lib-toshgan zamon demoqchi.
Uchinchi band tahliliga o‘tamiz.
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt, mangu bo‘l obod!
Madhiyaning bu bandida o‘chmas, qanot, mash’al so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llangan. O‘chmoq so‘zining ko‘chma ma’nolaridan biri yo‘qolmoq, yo‘q bo‘lmoqdir ( ,187). Shoir bag‘ri keng o‘zbekning yo‘qolmas iymoni demoqchi. Qanot so‘zining o‘z ma’nosi qush va hasharotlarning uchish a’zosi bo‘lib, ko‘chma ma’nolaridan biri suyanchiq, ko‘makchidir (, 240). Demak, shoir erkin, yosh avlodlar senga zo‘r suyanchiq demoqchi.
Darslikda Safar Barnoev qalamiga mansub “Mangulikka tatigulik kun” matni keltirilgan. Bu matnda shunday jumla bor: Shu kundan boshlab O‘zbekiston zaminida mardona “Mustaqillik” so‘zi tilimizga ko‘chdi, ongimiz, tilimizdagi qulf sharaqlab ochilib ketdi. (,4). Bu jumladagi qulf so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan bo‘lib, uning ma’nosi qullik, o‘z o‘tmishidan bexabarlik, qo‘rquvdir. Chunki sovet mustamlakachiligi davrida o‘zbek xalqining tiliga, tarixiga, milliy an’analariga tajovuz o‘tkazilib, xalqimizni o‘zligidan judo qilishga harakat qilingan edi. Mustaqillik sharofati bilan bu tazyiqlar barham topib, xalqimiz o‘z tilida erkin gapiradigan, o‘tmishini erkin o‘rganadigan, erkin fikrlaydigan bo‘ldi.
Darslikning “Oltin kuz” bo‘limidagi “Saxovatli fasl” matni quyidagi jumla bilan boshlangan: Ona diyorimizga oltin kuz o‘zining barakali sepini yoydi ( ,23). Bu jumladagi oltin va sepini yoydi so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llangan. Jumlaning ma’nosini tushunish uchun bu so‘zlarning ma’nosini bilish lozim. O‘zbek tilining izohli lug‘atida oltin kuz birikmasiga yilning hamma narsa g‘arq pishgan to‘kin-sochin payti deb izoh berilgan ( , 116). Sep yoymoq birikmasining o‘z ma’nosi kelinning molini yoyib ko‘z-ko‘z qilmoq bo‘lib, ko‘chma ma’nosi ciroy bermoq, yasantirmoqdir (, 480). Demak, yuqoridagi jumlani o‘z ma’nosida qo‘llangan so‘zlar bilan ifodalasak, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Ona diyorimizni to‘kin-sochin kuz o‘z ne’matlari bilan yasantirdi. Biroq bu holda jumladagi obrazlilik, jozibadorlik yo‘qoladi.
Darslikda ko‘chma ma’nolar asosan metafora usuli bilan hosil bo‘lgan. Biroq ayrim o‘rinda ma’no ko‘chishining boshqa turlari ham uchraydi.Masalan, bir ertakning nomi “ Chaqimchiga “mukofot” ”. Sarlavhada mukofot so‘zi qo‘shtirnoqqa olingan bo‘lib, bu kinoya usulida ma’no ko‘chirishdir. Bu ertakda hokimning otboqari hokimning ishonib aytgan sirini hokimning ukasiga aytadi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay hokim vafot etadi. Uning o‘rniga ukasi hokim bo‘lib, darrov otboqarni dorga osishga buyruq beradi. Buning sababi otboqarning oldingi hokimga xiyonat qilb, chaqimchilik qilgani edi. Demak, sarlavhadagi mukofot so‘zi jazo ma’nosida qo‘llangan.
Darslikning 41-betidagi “Hadislardan namunalar” matnida quyidagi fikr keltirilgan:
Insonlarni zulmatdan (qorong‘ulikdan) nurga (yorug‘likka) chiqarish uchun Olloh payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga ushbu Qur’onni nozil qildi”. Bu gapda zulmat va nur so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llangan. Zulmat so‘zi bu yerda nodonlik, qoloqlik, jaholat ma’nosida ishlatilayotgan bo‘lsa, nur so‘zi bilim, ma’rifat, baxt-saodat ma’nosini anglatyapti.
Ma’lumki, so‘z nutqda o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. So‘zning o‘z ma’nosi uni nutqdan tashqarida olib qaraganimizda ifodalaydigan ma’nosidir. Nutqdan tashqarida so‘z ongimizdagi o‘xshashlik qatorlarida yashaydi. So‘zning ko‘chma ma’nosi esa, uning nutqda no‘meyoriy qurshovda boshqa tushunchani obrazli tarzda ifodalovchi ma’nosidir.
Masalan, temir so‘zining o‘z ma’nosi qoramtir rangli qattiq metall. M:temir a. Bu so‘z ongimizda oltin, kumush, mis kabi so‘zlar qatorida turadi. Bu so‘zning ko‘chma ma’nosi esa mustahkam, qattiq.M: temir iroda, temir intizom.Temir iroda, temir intizom so‘z birikmalarida temir so‘zi nome’yoriy qurshovda qo‘llangan. Ya’ni intizom va iroda temirdan yasalmaydi.
So‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llash nutqning badiiyligi, ta’sirchanligini oshiradi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda so‘zning ko‘chma ma’nosi ustida ishlash muhim amaliy ahamiyatga ega. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘zning ko‘chma ma’nosini tushunmaydi va so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llay olmaydi. Shu sababli boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish kitobi darsliklarida so‘zning ko‘chma ma’nosiga doir muntazam ish olib borish lozim.
O‘qish kitobi darsliklarida so‘zning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi juda ko‘p uchraydi. Misol tariqasida Hamidulla Yoqubovning “ Qish zavqi” she’rini olib ko‘ramiz. Bu she’rda shoir shirinlik nomlarini ko‘chma ma’noda qo‘llab, qishni go‘yoki yesa bo‘ladigan narsaday tasvirlagan.



Yüklə 63,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin