4-sinf “O‘qish kitobi”dagi badiiy matnlarda qo‘llangan ko‘chma ma’noli so‘zlar ustida ishlash Bajardi



Yüklə 63,05 Kb.
səhifə6/12
tarix19.05.2023
ölçüsü63,05 Kb.
#127259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi ko\'chma ma\'no q

Metonimiya


Metonimiya so‘zi yunoncha metonimia -“yangi nom quyish, “nomni o‘zgartirish”, “qayta nomlash” demakdir. Makon va zamondagi o‘zaro bog‘liqligi asosida bir narsa va hodisaning nomini ikkinchisiga ko‘chirish metonimiya deyiladi. Metonimiyadan biror predmet xususiyati yoki voqea hodisaning nomini aytganda shunga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkinchisi anglashiladi. Bunda o‘xshashlik nazarda tutilmaydi. Boshqacha aytganda ikkita bir biriga bog‘liq predmet belgi, holatning birining nomi tejamkorlik natijasida tushiriladi. Masalan:
Fuzuliyni oldim qo‘limga,
Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi ( H.Olimjon) gapida Fuzuliy va asar (Fuzuliyning kitobini oldim qo‘limga) bir biriga bog‘liq bo‘lib, tejash uchun kitob so‘zi tushirib qoldirilgan. Natijada Fuzuliy so‘zi shaxs ma’nosini emas, kitob so‘ziga xos ma’noni ifodalagan.
Metonimiya turli ko‘rinishda bo‘ladi:

  1. o‘ninga munosabatiga ko‘ra: Bir stakan (suv) ichdim, bir tarelka (ovqat) edim, qishloq (ahli) uyquda;

  2. vaqtga ko‘ra: o‘ngga (yoshga) kirdim, yarim yillik (imtihon) topshirildi;

  3. mualliq va asar orasidagi munosabatiga ko‘ra: Pushkinnni (asar) o‘qidim va hokazo

Metanimiya asosidagi ko‘chma ma’no- fikrni lo‘nda va ta’sircha bayon qilish vositasi.
Sinekdoxa
Sinegdoxa yunoncha synecdoche so‘zidan olingan bo‘lib, “Birga anglash”demakdir. Qism bilan butun munosabati asosida ma’no ko‘chirish sinegdoha usulidir. Sinegdoho metanimiyaning bir ko‘rinishi deb ham yuritiladi. Ammmo undan farqli ravishda sinegdohada miqdoriy tavsiyaga asoslaniladi. Masalan, bosh , tuyoq so‘zi (yani qism) orqali hayvon (ya’ni butun tushniladi). Yurak, tirnoq so‘zi (ya’ni qism) orqali odam (ya’ni butun) anglashiladi. Sinegdohada butun orqadi qism ham anglashilishi mumkin. Masalan, besh qo‘l barobar emas gapida qo‘l (ya’ni butun) so‘zi orqali barmoq so‘zining ma’nosi anglashilmoqda. Nikalay zamonida ostonam tuyoq ko‘rmagan (Oybek) gapida qism (tuyoq) orqali butun (mol) ifodalanayotir.
Kinoya so‘zini teskari ma’noda ishlatish kinoya deyiladi. Kinoyadagi so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi. Masalan, Nodir juda “ishchan” bolada gapida ishchan so‘zi dangasa ma’nosmda ishlatilmoqda.
.

Yüklə 63,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin