Ona tili o‘qitish metodiкasi


tasdiqlab, shahar  bolalar kutubxonasi (yosh texniklar maskani, sport maktabi, musiqa  maktabi va h.k.)ga beradigan



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

 
tasdiqlab, shahar 
bolalar kutubxonasi (yosh texniklar maskani, sport maktabi, musiqa 
maktabi va h.k.)ga beradigan
 
ma’lumotnomasi kabi. Ayrim tarbiyasi 
og‘ir bolalaring
 
qilmishlarini tasdiqlab beriladigan ma’lumotnomalar
 
ham shular jumlasidandir.
Ma’lumotnomalar bosma ish qog‘ozlarida yoki (u bo‘lmagan 
hollarda) oddiy qog‘ozda qo‘lda yozilishi ham mumkin. Agar u qo‘lda 
yoziladigan bo‘lsa, chap tomonida maktabning (tashkilotning) 
to‘rtburchak shtampi, uning qarshisida esa o‘ng tomonda 
«ma’lumotnoma» so‘zi yozilishi shart.
O‘quvchi yuqorida berilgan ma’lumotlardan tashqari ma’lumot-
nomada u olinayotgan joy (masalan, o‘quv maskani)ning nomi, 


335
ma’lumotnomaning tartib raqami va berilgan sanasi, ma’lumotnoma 
berilayotgan shaxsning ismi, otasining ismi va
familiyasi, axborotning 
mazmuni (tasdiqlanayotgan voqea yoki holat bayoni), uning maqsadi, 
mansabdor shaxs (masalan, maktab direktori)ning imzosi va familiyasi 
ko‘rsatilishi lozim. 
O‘quvchilarni tavsifnoma yozishga o‘rgatish
. Tavsifnoma 
ma’lum bir shaxsning mehnati, ijtimoiy faoliyati, o‘ziga xos xislat va 
fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat sanaladi. 
Ish qog‘ozining bu muhim turi bilan o‘quvchilarni «Sifat» so‘z 
turkumini o‘rganish jarayonida tanishtirish maqsadga muvofiqdir. 
Chunki bunday matnlarda sifatlar ko‘p qo‘llaniladi. O‘quvchi 
sinfdoshi (do‘sti), tanish-bilishinig o‘qish yoki mehnat faoliyatini, 
uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettirar ekan, sifatlardan 
to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini ham egallab boradi. 
Sinfdoshiga yoki o‘z tengqurlariga tavsifnoma yozish uchun 
o‘quvchi tavsiflanayotgan shaxs haqidagi ma’lumot (ismi, otasining 
ismi va familiyasi, tug‘ilgan yili, millati, sinfi, sinfda yoki maktabda 
bajaradigan jamoat topshirig‘i), uning o‘qish va ijtimoiy mehnat 
faoliyati, ishchanligi, axloqiy sifatlari, tashkilotchiligi kabilarni bilishi 
shart.
Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy 
qismga ajratish mumkin:
1. Tavsiflanayotgan shaxs (o‘quvchi)ning o‘qish faoliyati (uning 
maktada o‘rganiladigan fanlarga munosabati, o‘z bilimlarini oshirishi, 
o‘zlashtirish darajasi, o‘qishga mas’uliyati) haqida ma’lumot beriladi.
2. Tavsiflanayotgan shaxsning ijtimoiy faoliyati (xulq-atvori, 
jamoat ishlarida ishtiroki, sinfdoshlariga munosabati, oiladagi hayoti
darsdan keyingi bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi va h.k.) ko‘rsatiladi. 
3. Muallif (o‘quvchi)ning bayon qilinganlardan xulosasi. 
Tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi 
ko‘rsatiladi. Tavsifnomani zarur ma’lumotlar yig‘ilgandan keyingina 
yozishga kirishsa bo‘ladi. 
O‘quvchilarni tavsifnoma yozishga o‘rgatish bir soatlik dars 
mashg‘uloti bilangina amalga oshmaydi. Keyingi sinflarda bu 


336
malakalar takomillashtirilishi va to‘ldirilishi lozim. 8-sinf o‘quvchilari 
tavsifnomaning ancha murakkab shakli

shaxsning mehnat faoliyati 
to‘g‘risidagi tavsifnomalar bilan tanishtiriladi. Bunda o‘quvchi 
tavsiflanayotgan ishchi (dehqon, fermer, bog‘bon va h.k.)ning 
mutaxassisligi, aynan shu korxona yoki xo‘jalikda qaysi muddatdan 
buyon ishlayotganligi, o‘z mutaxassisligiga muvofiqlik darajasi, 
qo‘lga kiritgan mehnat yutuqlari, shaxsiy xislat va fazilatlari haqida 
fikr yuritiladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin