Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Muhokama insho 
ham maktab o‘quvchilarining nutqiy 
taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. Bu insho ham ijodiy ishning 
o‘ziga xos turi bo‘lib, u bolalardan qiyoslashni, ma’lum bir voqea-
hodisaga baho berishni, o‘z nuqtayi nazarini himoya qilishni, o‘zining 
haqligini isbotlashni talab etadi. Ijodiy ishning bu turi, ayniqsa, 
bugungi kunda o‘quvchini ta’lim jarayonining ijodiy fikrlovchi faol 


330
ishtirokchisiga aylantirish, bahs va munozaralar jarayonida o‘zining 
haqliligini qattiq turib himoya qilishga o‘rgatish masalasi ko‘ndalang 
bo‘lib turgan bir sharoitda yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi. 
Muhokama insho uch tarkibiy qismdan iborat: a) o‘rtaga 
tashlanayotgan asosiy fikrlar (kirish); b) fikrlardan to‘g‘risini dallilar 
bilan asoslash; v) xulosa chiqarish (xotima). 
Muhokama insho induktiv yoki deduktiv usulda qurilgan bo‘lishi 
mumkin. Induktiv usulda qurilgan insholarda avval ilgari surilayotgan 
fikrni asoslashga xizmat qiladigan dalillar, isbotlar keltirilib, so‘ngra 
umumiy xulosa chiqariladi. Deduktiv usulda esa umumiy xulosadan 
xususiyga, umumiyning bo‘laklarini isbotlashga, dalil va asoslar 
keltirishga o‘tiladi. 
Tavsifiy insholar 
ham muhokama inshoning bir ko‘rinishidir. 
Tavsifiy insholar o‘quvchidan o‘qigan badiiy asar, ko‘rilgan kinofilm 
qahramonlari haqida shaxsiy fikr-mulohazasini bayon etishni talab 
etadi. 
Muhokama inshoning yana bir turi munozara insholardir. Bunday 
insholarning mavzusi ham munozara shaklida bo‘ladi. Masalan, 
«Dilkash (Dilmurod, Nigina va h.k.) haqmi?», «Oybek (Sohib, Olim 
va h.k.) haqiqiy do‘stmi?»
kabi mavzularda yoziladigan insholar 
shunday insholar bo‘lib, o‘quvchi qo‘yilgan munozarali savolga 
shaxsiy munosabatini bildiradi va o‘z nuqtayi nazarini asoslashga 
intiladi. 
O‘qituvchi insho mavzusini sinf o‘quvchilarining hayotidan, 
ro‘znoma va oynomalarda e’lon qilingan munozarali maqola va 
xabarlardan tanlashi mumkin.
Badiiy asar yoki kinofilmga 
taqriz yozish
ham muhokama 
inshoning bir ko‘rinishidir.
Taqriz
turli maqsad va vazifalarni ko‘zlaydi. O‘quvchi taqriz 
orqali o‘z shaxsiy fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi, 
tengqurlarining diqqatini shu badiiy asarga qaratadi. Boshqalarda shu 
badiiy asarni o‘qishga qiziqish uyg‘otadi, munozarali masalalarni 
o‘rtaga qo‘yadi, badiiy asarning qimmatiga baho beradi.


331
Muhokama inshoning muhim ko‘rinishlaridan yana biri gazeta va 
jurnallar uchun adabiy-badiiy maqolalar tayyorlashdir. Bu 
maqolalarda o‘quvchi dilidagi muammolarni o‘rtaga tashlaydi, 
boshqalarni shu masalada munosabat bildirishga da’vat etadi.
Muhokama inshoning yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rinishlari 
bolaning aqliy faoliyatini charxlashga, turmushda yaxshi bilan 
yomonning mohiyatini chuqur anglashga, o‘z fikri, qarashlari, 
munosabatlarini qattiq turib himoya qilishga o‘rgatadi. 
Shunday qilib, insho o‘quvchining ijodiy fikrlash darajasi, 
dunyoqarashi, adabiy til me’yorlarini nutqiy sharoitlarda qo‘llash 
imkoniyatlarini belgilovchi asosiy tarozi toshidir. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin