359
2. O‘quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlash malakalari tarkib
topadi. Umumiy vazifalar yechimini topishda bir-birlariga ko‘mak
beradilar.
3. O‘quvchilar o‘z
ishlari natijasiga, o‘qishga, ta’lim olishga
shaxsan mas’ullikni his qiladilar.
Quyida interfaol usullarning ayrimlari bilan tanishib o‘tamiz:
1. Aqliy hujum.
2. Suhbat.
3. Juftlikda ishlash.
4. Kichik ma’ruza.
5. Rolli o‘yinlar.
6. Bahs-munozara.
7. Sinkveyn.
8. Tushunchalar tahlili.
9. Idrok xaritasi.
10. FSMU ( Fikr, Sabab, Misol, Umumlashtirish).
11. Tanqidiy fikrlash.
12.
Muzyorar
13. Hamkorlik
14.
Debat
15. Bumerang…
Suhbat metodi
– ko‘p qo‘llaniladigan va samarali usullardan
biridir. Bu ko‘pincha savol-javob metodi deb ham yuritiladi.
Chunki
mazkur metodda dars jarayoni savol-javob vositasi asosida olib
boriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga savol berib yoki ilgari o‘zlashtirgan
bilimlarini eslariga tushirish yoxud mavjud
bilimlar asosida yangi
mavzulardan tegishli xulosalar chiqarishni taklif etish yo‘li bilan
bilim, ko‘nikma va malakalar berish nazarda tutiladi.
Suhbat metodi
o‘quvchi faoliyatining yangi-yangi qirralarini ochib beradi va bir
maqsadga qaratilgan mustahkam harakat birligini yuzaga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: