362
Ushbu shakldagi savollar o‘quvchi nuqtayi nazarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
2. O‘quvchiga o‘z nuqtayi nazarini aniqlash, fikrini bir joyga
to‘plash uchun imkoniyat va fursat beriladi.
3. O‘quvchi o‘z fikrini asoslaydi, shu o‘rinda u o‘z nuqtayi
nazarini aniqlab olishi uchun quyidagi savollarni berish mumkin:
A. Nega shunday deb o‘ylaysiz?
B. Nimalarga asoslanib bunday xulosaga keldingiz?
S. Qanday manbalardan foydalandingiz?
4. Muhokama qilinayotgan masala yuzasidan boshqa o‘quv-
chilarning o‘z fikrlarini bildirishlari uchun imkon beriladi. Bunda
quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
A. Kimda boshqacha fikr bor?
B. Aytilgan fikrlarni ma’qullaysizmi? Nima uchun? (yoki
aksincha.)
5. O‘quvchilar bilan birgalikda barcha bildirilgan nuqtayi nazarlar
muhokama va tahlil qilinadi, bunda quyidagi
mazmundagi savollar
o‘rtaga tashlanadi:
A. Sinfdoshlaringiz fikrini nima uchun ma’qullaysiz?
B. Sinfdoshingiz fikriga qarshi o‘z qarashingizni tasdiqlovchi
asoslar keltira olasizmi?
6. Muhokama qilingan muammo yuzasidan chiqarilgan yakuniy
xulosaga o‘quvchilar tomonidan o‘z nuqtayi nazarlarining qabul
qilinishi yoki qayta
baholanishi bilan erishiladi, bunda quyidagi
savollarni berish mumkin:
A. Sizningcha kimning nuqtayi nazarini eng maqbul deb qabul
qilish mumkin?
B. Yuzaga kelgan vaziyatdan qaysi yo‘l bilan chiqishni
ma’qulroq deb o‘ylaysiz?
Dostları ilə paylaş: