Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«Muzyorar» usulidan
o‘quvchilarning diqqatini darsga jalb 
qilishda foydalaniladi. Bu usulni qo‘llash orqali o‘qituvchi 
o‘quvchilarning darsga to‘liq tayyor ekanligini aniqlaydi. O‘qituvchi 
tomonidan berilgan ishora o‘quvchilarning o‘yinqaroqlik muhitini
darsga jalb qiladi. Barcha o‘quvchilarning darsga tayyor ekanligini 
o‘qituvchi anglab oladi.
Yuqorida interfaol usullarning ayrimlari xususida to‘xtaldik. Bu 
usullar haqida ba’zi metodik qollanmalarda ham fikr yuritilgan. 
O‘quvchining yoshi, bilim darajasi, fanning va o‘tilayotgan mavzu 
xususiyati, mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda o‘qituvchi ijodiy 
yondashib, mazkur usullardan dars jarayonida foydalanish tavsiya 
qilinadi.
Dars mashg‘ulotlarini ushbu ta’lim usullari asosida tashkil etish, 
yana bir bor ta’kidlash joizki, o‘quvchilarni faollashtiradi, nutqini 


366
rivojlantiradi, fikrini aniq, izchil bayon etishga, o‘zgalar oldida o‘z 
nuqtayi nazarini himoya qilishga o‘rgatadi. O‘quvchilarning ko‘nikma 
va malaka me’yorini quyidagicha belgilash mumkin: 
O‘qiganda-10%. 
Eshitganda - 20%. 
Ko‘rganda - 30 %. 
Eshitib ko‘rganda - 50%. 
Muhokama, bahs-munozara - 70%. 
Shaxsan o‘zi bajarganda - 80%. 
Sinfdoshlari bilan bajarganda - 90%.
Shu o‘rinda Xitoy xalq maqolini keltirish mumkin: «Menga 
gapirsang esdan chiqaraman, ko‘rsatsang eslab qolishim mumkin, 
o‘zimga ishlash imkoniyatini ber, shunda bu batamom meniki bo‘lib 
qoladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, interfaol 
metodlarni qo‘llab dars o‘tilganda, sinfda qoloq, o‘zlashtirmaydigan 
o‘quvchi qolmaydi. O‘quvchilar o‘rtasida do‘stona muhit yaratiladi. 
Deyarli barcha o‘quvchilar dars jarayoniga jalb etilib, ularning darsga 
qiziqishlari ortadi. O‘quvchilarning kelgusida mustaqil bilim 
olishlariga, hunar o‘rganishlariga imkon yaratiladi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin