367
Ma’ruza darsi.
O‘qituvchi bir necha mavzuni o‘quvchilarga
ma’ruza shaklida foydalanish uchun bo‘lib beradi. Muhim joylarini
konspekt qilishlarini, kerakli joylarga ko‘rgazmalar, kartochkalar
tayyorlashni topshiradi. Ma’ruza qilish uchun tayyor bo‘lgan
o‘quvchiga keyingi darslarda so‘z beriladi. Ma’ruzalarini bayon
qiladilar. O‘quvchilar ma’ruzachi sinfdoshiga savollar beradilar.
Ma’ruza darslarida o‘quvchi katta-katta materiallarni qisqa paytda
o‘zlashtirishi va mustahkamlashi mumkin.
Muammoli dars.
Darsda muammoli vaziyat vujudga keltiriladi.
O‘quvchi muammoni yyechishni yakka yoki guruh bo‘lib izlashi
mumkin. Dars davomida bir necha muammoli savollar o‘rtaga
tashlanadi va umumiy xulosa chiqariladi. Muammoli vaziyat
o‘quvchilarga izlanish, tafakkur qilish malakalarini shakllantiradi.
Muloqot darsi
. Bunday dars usulida sinfni ikki guruhga bo‘lib,
davra suhbati tashkil etiladi. Bunday darslarga oldindan hech qanday
savollar va mavzular berilmaydi, o‘tilgan mavzularni takrorlab kelish
topshiriladi. O‘qituvchi turli shakllarda har ikkala guruhga vazifalar
berib boradi va javoblarga qarab ballar qo‘yadi. Ballarni qo‘yib borishda
o‘quvchilardan tayyorlangan ekspert dars davomida qo‘yilayotgan
ballarni umumlashtirib boradi hamda o‘zining taklif-mulohazalarini
aytib boradi. Bunday dars usullari o‘quvchilarni tashabbuskorlik va
ijodkorlikka chaqiradi.
Dostları ilə paylaş: