96
1) xatoni tuzatib ko‘rsatish;
2) xato haqida xabar berish.
Xatoni tuzatib ko‘rsatish usulidan, asosan,
nazorat xarakteridagi
yozma ishlarni tekshirishda foydalaniladi. Xato haqida xabar berish
usuli eng samarali usullardan biri bo‘lib, u ko‘proq ta’limiy
xarakterdagi yozma ishlarni tekshirishda qo‘llaniladi.
Omilkor o‘qituvchilar ish amaliyotida xato haqida xabar
berishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
1. «4», «5» bahoga o‘qiydigan o‘quvchilarning
yozma ishlarini
tekshirishda xato tuzatilmay, balki hoshiyasida shu qatordagi xatoning
soni ko‘rsatiladi. Bunda imlo xatolarni
shartli ravishda I harfi bilan,
tinish belgilarga oid xatolarni P harfi bilan, uslubiy xatolarni to‘lqinli
chiziq bilan belgilash mumkin. Masalan, daftar hoshiyasida I~1
belgisi qo‘yilgan bo‘lsa, demak, shu qatorda bitta imloviy xato
mavjud. O‘qituvchi shu qatorda joylashgan 4–5 so‘zdan
qaysi birida
xato qilganligini o‘zi aniqlaydi va tuzatadi.
2. «3» baho bilan o‘qiydigan o‘quvchilarning yozma ishlaridagi
xatolar haqida xabar berish maqsadida xatoli so‘zning ostiga chizish,
lekin xatoni tuzatib ko‘rsatmaslik usulidan foydalaniladi.
Bu holda
o‘quvchi yo‘l qo‘yilgan xatoni barcha so‘zlardan emas, balki ostiga
chizilgan so‘zdan izlaydi.
3. Bo‘sh o‘zlashtiradigan yoki o‘z xatosini aniqlashda
qiynaladigan o‘quvchilarning yo‘l qo‘ygan xatolarini xatoli bo‘g‘in
ostiga chizish bilan belgilash maqsadga muvofiqdir. O‘quvchi
belgilangan bo‘g‘indan o‘z xatosini qidiradi.
O‘quvchilarning og‘zaki javoblaridagi
nutqiy xatolarni bartaraf
etish yozma ishlardagi xatolarni bartaraf etishga qaraganda ancha
murakkab. Chunki yozma ishlardagi xatoni ko‘rish oson, nutqdagi
xatoni esa payqash qiyin.
Tovushlarni noto‘g‘ri
talaffuz etish, so‘z urg‘usini noto‘g‘ri
qo‘llash, gap urg‘usiga rioya qilmaslik, gap ohangini buzish kabilar
nutqiy xatolar bo‘lib, uni bartaraf etish o‘quvchi
javobini diqqat bilan
tinglashni, og‘zaki nutq namunalarini birgalikda tahlil etishni talab
etadi.
97
Nutqiy xatolar ustida ishlashning eng samarali yo‘li uni magnit
lentasiga
yozib olib, keyin o‘quvchilar bilan birgalikda muhokama
qilishdir. Xatoni bartaraf etishda o‘quvchining ishtiroki qancha
ko‘paysa, uni bartaraf etish imkoniyati osonlashadi.
Dostları ilə paylaş: