Ona tili o‘qitish metodiкasi


Polizlarda qovunlar pishib yotibdi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Polizlarda qovunlar pishib yotibdi
gapida 
qovunlar
so‘zining 
tagiga chizib, shu so‘zni belgisini bildiruvchi so‘zni qo‘shish talab 
etiladi. 
O‘quvchilar 
shirin, shakar, katta-katta
kabi so‘zlarni qo‘shib 
gap tuzilishini kengaytiradilar. Bu bilan o‘quvchilarning nutqi 
o‘stiriladi va orfografik ko‘nikmasi shakllantiriladi. 
Ijodiy diktantda so‘zlar soni odatdagi me’yordan kamroq bo‘ladi, 
chunki o‘quvchilar o‘zlari ijod qilib, matnni to‘ldiradilar. 
O‘qituvchi ijodiy diktantni baholashda o‘quvchining imloviy 
savodxonligi hamda ijodiy faoliyatini e’tiborga oladi. Diktantning bu 
turini tez-tez o‘tkazish o‘quvchilarda izlanish, ijod qilish, mantiqiy 
fikrlash kabi aqliy faoliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. 
Saylanma diktant 
Saylanma diktantda o‘quvchi gapni to‘liq yozmaydi, balki gap 
tarkibidagi ayrim so‘z yoki so‘z birikmalarini yozadi. Bu esa qisqa 
vaqt ichida ma’lum qoida asosida yozilishi lozim bo‘lgan bir qancha 
so‘zlarning imlosini o‘rganishga yordam beradi. 
Saylanma diktant o‘quvchilarda onglilik va mustaqillikni 
rivojlantiradi. Masalan, sifat so‘z turkumi o‘tib bo‘lingandan so‘ng 
o‘qituvchi mavzuga taalluqli gaplar berilgan mashqni to‘liq o‘qiydi, 
o‘quvchilar esa shu mashqdan faqat sifat turkumiga oid so‘zlarni 
daftarlariga yozadilar, ya’ni saylab oladilar. 
Saylanma diktantni baholashda o‘qituvchi uning imlosiga, to‘g‘ri 
saylab olishiga (tanlab) ham ahamiyat beradi. Diktant tugagach
o‘quvchilar nechta so‘z yozganini tekshiradi. 


100
Lug‘at diktanti 
Lug‘at diktanti ko‘p vaqt olmasligi, ixchamligi bilan diktantning 
boshqa turlaridan farq qiladi. Shuning uchun har bir mavzuni 
o‘tgandan so‘ng yangi mavzuni mustahkamlash uchun bunday diktant 
turidan foydalaniladi. Deyarli har bir mavzuni (bo‘limni) o‘tib 
bo‘lgandan so‘ng lug‘at diktant olish mumkin. Lug‘at diktanti uchun 
darsning 7-10 minutini ajratish kifoya. 
Lug‘at diktanti o‘quvchilarga so‘zlarning qanday yozilishini, 
so‘zning ma’nosini o‘rgatadi. Demak, o‘quvchilar nutqini o‘stirishda 
bunday diktant katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin