Ona tili o‘qitish metodiкasi


Matnga yaqinlashtirib bayon yozish



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Matnga yaqinlashtirib bayon yozish.
Bunda muallifga xos so‘z 
va iboralardan foydalanish talab etiladi. Buning uchun badiiy til 
xususiyati bilan ajralib turadigan asarlar tavsiya etiladi. Bunday matn 
yuzasidan bayon yozishdan oldin o‘quvchilar muallifning har bir fikri, 
iborasi va uslubini aniq tushunib olishi va uni o‘z bayonida qo‘llashi 
zarur. Matnga yaqinlashtirib yozilgan bayonda muallif fikrini 
o‘quvchi o‘z so‘zi bilan bayon etishi mumkin, biroq eng muhimi 
muallif qo‘llagan so‘z va iboralarning yozma nutqda keng 
foydalanishi zarur. Bu o‘quvchi lug‘at boyligini oshiradi va 
faollashtiradi, iboralardan ijodiy foydalanishni o‘rgatadi. Buning 
uchun matn hajmi uncha katta bo‘lmasligi kerak.


103
Qo‘shimcha topshiriqli bayon
, asosan, ona tili darslarida 
o‘tkaziladi. Bunda biror grammatik qonun-qoida asosida olingan 
bilimni ko‘nikma va malakalarga aylanish ko‘zda tutiladi. Masalan, 
so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, moslashuv, boshqaruv, bitishuv, gapda 
so‘zlar tartibi, gap bo‘laklari, gapning uyushgan bo‘laklari, ko‘chirma 
va o‘zlashtirma gap, sinonim so‘zlar, ritorik so‘roq gaplar, inkor 
gaplar, tinish belgilarining ishlatilishiga oid nazariy bilimlar 
o‘rganilgach, qo‘shimcha topshiriqli bayon o‘tkazish maqsadga 
muvofiqdir.
Saylanma bayonda
matnning hammasi yozilmaydi, balki 
o‘quvchilar bir necha qismli matning xohlagan bir qismi yuzasidan 
bayon yozadilar. Bunda o‘quvchilarga erkinlik beriladi, ular o‘zlariga 
yoqqan, qiziqtirgan biror qismni saylab oladilar. Bu bayon turining 
ahamiyati shundaki, o‘quvchilar keng hajmli mazkur asar haqida 
yaxlit tasavvurga ega bo‘ladilar, undagi qismlar orasidagi bog‘lanishni 
tushunib yetadilar va saylab olingan qism mazmuniga ongli, ijodiy 
munosabatda bo‘ladilar, tafakkur va nutqlari tezroq rivojlanadi, 
mustaqillik, saylab olish, tanlash ixtiyori ularni quvontiradi. Uni 
tashkil etishda o‘qituvchi matnni bir marta ifodali o‘qib beradi, reja 
tuzmasdan ham yozishga kirishish mumkin.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin