104
Ijodiy bayon
. Bunday bayonda o‘quvchidan matn mazmuniga o‘z
munosabatini bildirish talab qilinadi. U bir necha shaklda o‘tkazilishi
mumkin. Masalan, berilgan kichik hajmli matn mazmunini
kengaytirib yozish, voqeaband she’rlar mazmunini hikoyalab yozish,
dialoglarni
umumlashtirib yozish, shaxsini o‘zgartirib yozish kabilar.
Shaxsini o‘zgartirib yoziladigan bayonda birinchi, ikkinchi,
uchinchi shaxs tomonidan bayon etiladigan fikr ifodalanadi. Shu
sababli, bayonni bu turi o‘quvchilar bilan ko‘proq mashq o‘tkazishni,
o‘quvchilarning birinchi shaxsni uchinchi
shaxsga aylantirish
qoidalarini puxta o‘zashtirishlariga e’tibor berishni taqozo etadi.
Matnda dialoglar ko‘p bo‘lsa, ularni o‘zgartirib bayon qilishda
ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar haqidagi bilimlarni yaxshi va puxta
o‘zlashtirishga ahamiyat beriladi.
Bayon rivoya tarzidagi she’riy asar yoki
undan olingan parchalar
bo‘yicha ham yozdiriladi: Masalan, E.Vohidovning «Nido»
dostonidagi «Ota va o‘g‘il» suhbati lavhasi bo‘yicha ham yozdirish
mumkin. Bu turdagi bayonlarni yozish bir oz murakkab bo‘lgani
uchun uni yozishdan oldin puxta tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi.
Avval shu bob qayta o‘qiladi, ular ustida suhbat o‘tkaziladi,
mazmunini o‘quvchilar so‘zlab beradilar,
ularning hikoyasini
o‘qituvchi to‘ldiradi, so‘ngra reja tuziladi, shundan keyin yozishga
kirishiladi.
Dostları ilə paylaş: