105
yog‘in-sochin yaqinlashsa, archa shoxlari bir-biriga yaqinlashadi.
Agar shoxchalar yana bir-biridan uzoqlashib, joyiga qaytsa, havo
ochilishidan darak beradi
». Mana shu kichik hajmli bayon mazmuni,
ahamiyati o‘quvchilar diqqatini tezda o‘ziga jalb etadi. Demak, uy
havosi
yangilab turiladi, yog‘in-sochin yaqinlashishi yoki havo
ochilishini unga qarab oldindan bilib olish mumkin ekan. Bolalar uni
qiziqish, mehr bilan kuzatadilar, unga e’tibor kuchayadi, fikr tez ilg‘ab
olinadi, uni qog‘ozga yozish osonroq bo‘lgani
uchun ular bu ishga
bajon-u dil kirishadilar. O‘qituvchi bu bayon turini bir kundayoq
tekshirib baholaydi. Ko‘pchilik, shubhasiz, ijobiy baho oladi va
o‘quvchilarda kattaroq hajmdagi bayonlani
yozish malakasi ortib
boradi.
Ixcham bayon matnini bir marta o‘qib berilishining o‘zi ham
o‘quvchilarning eshitish qobiliyatini oshirishga, e’tiborlilikka,
xotirasini o‘stirishga katta yordam beradi.
Bayonlarni o‘tkazish tartibi quyidagicha:
matn bir marta o‘qituvchi tomonidan o‘qiladi;
matn mazmuni yuzasidan o‘quvchilar bilan savol-javob
o‘tkaziladi;
zarurat tug‘ilsa, bayon matnining ayrim o‘rinlari qayta o‘qiladi;
bayon rejasi tuziladi;
o‘quvchilarga notanish bo‘lgan so‘z va iboralarning ma’nosi
sharhlanadi; ayrim imlosi qiyin so‘zlar sinf taxtasiga yozib qo‘yiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilar yozgan bayonlarni o‘qib, o‘rganib,
baholaydi, sinfda tahlil qiladi. O‘qituvchi bu
ishlarni puxta uyushtirish
bilan bayonni muvaffaqiyatli yozilishiga erishadi. O‘qituvchi bayon
matni o‘quvchi tomonidan qanchalik o‘zlashtirilgani va bayon
etilganiga, rejani maqsadga muvofiqligi hamda reja asosida
izchillikda, savodli, grammatik qoidalariga
mos ravishda yozilishiga
e’tibor beradi.
V–IX sinf o‘quvchilari tomonidan yozilgan bayonni tekshirishda
aniqlangan xatolar belgilar bilan ko‘rsatib qo‘yiladi: orfografik xato
harfning tagiga bir to‘g‘ri chiziq
Dostları ilə paylaş: