«Imlo lug‘ati» bilan ishlash. «Imlo lug‘ati» o‘quvchi ko‘p
murojaat qiladigan lug‘atlardan biridir. Deyarli barcha til bo‘limlarini
o‘rganishda «Imlo lug‘ati»dan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Masalan,
«Fonetika» bo‘limini o‘rganishda ma’lum bir tovush ishtirok etgan
so‘zlar topish:
u –
o‘,i –
u, a –
i kabi tovush juftlari bilan farqlanuvchi
so‘zlar tanlash, ma’lum bir tovushlar tushib qolgan yoki shu tovushlar
bilan tutagan so‘zlar ro‘yxatini tuzishda o‘quvchi «Imlo lug‘ati»ga
murojaat etadi.
O‘quvchilar «Imlo lug‘ati» bilan ishlash malakalariga ham ega
bo‘lishlari lozim.
O‘quvchilar «Imlo lug‘ati» bilan ta’minlangan bo‘lsa, undan
foydalanish imkoniyatlari kengayadi.
Qomusiy va izohli lug‘atlar bilan ishlash. Qomus fanning
hamma sohalarini o‘z ichiga olgan yoki biror soha bo‘yicha keng,
to‘liq ma’lumot beradigan lug‘at tarzidagi ilmiy to‘plamdir. O‘quvchi
juda ko‘p savollarga undan javob topadi. Qomus o‘quvchilarning so‘z
xazinasini yangi tushunchalar bilan boyitishda, bu tushunchalarni
ularning nutqiy faoliyatiga ko‘chirishda katta vazifa bajaradi.
Ona tili mashg‘ulotlarida maktab o‘quvchilari uchun
ixtisoslashtirilgan «U kim –bu nima?» (ikki tomli) qomusidan unumli
foydalansa bo‘ladi. O‘quvchilar ushbu qomusdan foydalanib, ma’lum
bir sohaga oid tushunchalar ro‘yxatini tuzishlari, bu tushunchalarning
ma’nosini aniqlashlari, tushuncha va so‘z orasidagi farqni bilib
olishlari mumkin.
So‘zlarning ma’nolari faqat izohli lug‘atlarda sharhlanadi.
O‘quvchilar izohli lug‘atdan ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nosini bilib
oladilar, berilgan so‘zga ma’nodosh, uyadosh, qarama-qarshi ma’noli
136
va zid ma’noli so‘zlar topadilar. O‘quvchilar bu lug‘atlarda ham
so‘zlar alifbo tartibida joylashganini, otlar birlik sonning bosh
kelishigi shaklida, sifatlar oddiy daraja shaklida, fe’llar
-