Ona tili o‘qitish metodiкasi


Maktab «Fonetika» kursining mazmuni va uni o‘qitish



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Maktab «Fonetika» kursining mazmuni va uni o‘qitish 
metodikasi.
«Fonetika» bo‘limining izchil kursi «Fonetika va 
grafika», «Nutq tovushi va harf», «Unli tovushlar», «Undosh 
tovushlar», «Nutq a’zolari», «Lab tovushlari», «Til tovushlari», 
«Burun tovushlari», «Bo‘g‘iz tovushi», «Nutq tovushlarining ma’no 
farqlash vazifasi» singari mavzularni o‘z ichiga qamrab oladi. 
«Nutq tovushi va harf» mavzusini o‘tishda o‘qituvchi ayrim 
so‘zlarni o‘quvchilar diqqatiga havola etib, bu so‘zlardagi 
tovushlarning talaffuzini qiyoslash, unlilar va undoshlarning 
xususiyatlarini aniqlash, ularning talaffuzida ishtirok etadigan nutq 
a’zolarini belgilashni topshirishi mumkin. 
К
uzatishlar asosida 
o‘quvchilar nutq tovushlarini hosil qilishda o‘pka, tovush paychalari, 
bo‘giz, og‘iz bo‘shlig‘i, til, lablar, tishlar, pastki va yuqori jag‘lar, 
burun ishtirok etishini aniqlaydilar. Shu o‘rinda tovushlarning hosil 
bo‘lish o‘rinlari aks ettirilgan rasmlar yordamida yuqorida tilga 
olingan nutq uzvlarining qayerda joylashganligi va tovushlarning 
qayerda hosil bo‘layotganligi aniqlanadi. 
O‘quvchilar nutq tovushlari xususida zaruriy bilim, malaka, 
ko‘nikmalar bilan qurollantirilgach, tovushning yozuvdagi aksi – harf 
haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar va «O‘zbek alifbosi» mavzusi 
o‘rganiladi. Bu mavzuni o‘rganishda boshlang‘ich sinflarda 
egallangan bilimlar takrorlanadi; alifboni yoddan bilishning ahamiyati 
xususida savol-javob o‘tkaziladi va berilgan so‘zlarni alifbo tartibida 
tez joylashtirish bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi. Mazkur 
mavzuni o‘rganishda, ayniqsa, lug‘atlar bilan ishlashga alohida e’tibor 
berishga to‘g‘ri keladi. Zero, 5-sinf o‘quvchisi «Imlo lug‘ati»dan zarur 
so‘zni yarim daqiqada topa olishi lozim. 
Mashg‘ulot «Alifboni yoddan bilish nega zarur?» mavzusida matn 
yaratish bilan yakunlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 


145
«Unli va undosh tovushlar» mavzusini o‘rganishda o‘quvchi-
larning egallagan bilimlariga asoslangan holda quyidagi savollar 
o‘rtaga tashlanadi: 
1
. a, i, e, o, u, o‘ 
tovushlarining talaffuzi 
b, v, g, d, z, k, l, m, n, p, 
r, 
s, 
t, f, x 
singari tovushlarning talaffuzidan nima bilan farq qiladi? 
2. Qaysi tovushlar faqat ovozdan, qaysilari ovoz va shovqinning 
ishtirokidan va qaysilari faqat shovqindan iborat? 
Unli va undosh tovushlarni o‘rganishda asosiy e’tibor 
o‘quvchilarning imlo savodxonligini yaxshilash, ularning so‘z 
boyligini oshirish, so‘z ma’nolarini farqlash, undan to‘g‘ri va o‘rinli 
foydalanish malakalarini kengaytirish, talaffuz me’yorlarini 
shakllantirish ustida ishlashga qaratiladi. 
Unli tovushlar va ularning imlosi xususida o‘quvchilarda zaruriy 
bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida matndan 
a, i, o‘, 
u, o, e 
harflari ishtirok etgan so‘zlarni ajratish, ularning talaffuz 
xususiyatlarini sharhlash; 
i

e, u

o‘, i

u, a


singari tovush juftlari 
bilan farqlanuvchi so‘zlar topish va ularni izohlash; birinchi 
bo‘g‘inida 
u, o‘, 
ikkinchi bo‘g‘inida u yoki i kelgan so‘zlar talaffuzi
imlosi va ma’nosi ustida ishlash (urush–urish, tushum–tushim kabi); 
i


tovushlari (harflari) tushib qoladigan so‘zlar ro‘yxatini tuzish; 
k, 
g‘, h, x 
tovushlari (harflari) va 
k, g, y 
tovushlari (harflari) bilan 
yonma-yon kelgan 
a, i, u 
tovushlarining talaffuz xususiyatlari ustida 
ishlash; matnda 
o, e 
tovushlari ishtirok etgan so‘zlarni ajratish va 
tovush hamda harf orasidagi munosabatlarni izohlash; 
o


bilan 
farqlanuvchi so‘z juftlari (
ana-ona, ata - ota
kabi) tanlash, ular 
ishtirokida gaplar tuzish, 
i, e
harfi bilan farqlanuvchi so‘z juftlari 
tuzish (
ish

esh, bil

bel, tish

tesh
kabi), ular ishtirokida gaplar tuzish 
singari ishlar ko‘zlangan maqsadga erishishning eng samarali usulidir. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin