Ona tili o‘qitish metodiкasi


So‘zlarning ma’no nozikligi ustida ishlash orqali



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

2. So‘zlarning ma’no nozikligi ustida ishlash orqali. 
Ma’lumki, 
og‘zaki nutqda unli yoki undosh tovushlarni cho‘zish vositasida 
ma’noni kuchaytirish (masalan, 
ka

tta bino, ki

chkina bola, qa

ri 
chol
kabi), ishonchsizlikni ifodalash (masalan, 
yo‘



q, kela

r

r, 
bora

r

r
kabi), yalinish–erkalash (masalan, 
oyijo

ni

m, buvijo

n
kabi) ma’nolarini berish mumkin. Qat’iylikni ifodalash maqsadida 
so‘z oxiridagi undoshni qattiq talaffuz etish usulidan foydalanilsa
ishonchsizlik ma’nosini berish uchun oxirgi undosh tovush talaffuzini 
susaytirishdan foydalaniladi. Masalan, 
«Yo‘qq, yo‘qq. U ko‘rmadi»,

deb qichqirdi bola va 
«Yo‘q,

dedi ishonchsizlik bilan Salima»
gaplaridagi 
yo‘q
va 
yo‘qq
so‘zlarining ma’nosida farq bor. Fonetikani 
o‘rganish jarayonida so‘zning bunday ma’no nozikliklari ustida 
ishlash bolalarning nutqini rivojlantirishga ijobiy ta’sir etadi. 
Ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlar ustida 
ishlash orqali. 
O‘qituvchi «Fonetika» bo‘limidagi deyarli har bir 


147
mashq ustida ishlashda ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli 
so‘zlar ustida ishlash imkoniyatiga ega. Masalan, 
ng
tovushining 
imlosi ustida ish olib borilar ekan, o‘quvchilar 
ohangi, tengi, tonggi, 
manglay
singari so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish bilan bir qatorda ularga 
ma’nodoshlar ham topishlari mumkin. Chunonchi
ohang

sas; teng

 
barobar

tengqur; tonggi

sahargi, nahorgi; manglay

peshana
kabi. 
Tovush juftlari bilan farqlanuvchi so‘zlar ustida ish olib 
borilayotganda ham shunday ishlar davom ettirilishi mumkin. 
Masalan, 
i

u
unlisi bilan farqlanuvchi so‘zlar ro‘yxat qilinar ekan
(masalan, 
urish

urush, yumish

 yumush, yog‘di

 yog‘du, tushim

 
tushum
va h.k.) bu so‘zlarga ma’nodoshlar, uyadoshlar, zid ma’noli 
so‘zlar topish ustida ham ish olib boriladi. Chunonchi, 
urish

 
do‘pposlash; urush

 jang; urish 

 janjal

 ko‘ngilqorachilik; urush 

 
tinchlik
kabi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin