196
Masalan, o‘quvchilarga ko‘chma doskaga yozilgan
shaharlar,
atamalar, unlar, Buxorolar, Salimalar, uyqularim, ko‘ngillarim,
orzularim
kabi
–lar
qo‘shimchasi bilan hosil bo‘lgan
va turli
ma’nolarni ifodalovchi so‘zlar beriladi-da, bu so‘zlarni: a) ko‘plik
ma’nosini ifodalovchi so‘zlar; b) tur-jins ma’nosini ifodalovchi
so‘zlar; v) hurmat ma’nosini ifodalovchi so‘zlar; g) jamlik ma’nosini
ifodalovchi so‘zlar; d) ma’no kuchaytirilgan so‘zlar kabi ma’no
guruhlarga ajratish topshiriladi. Belgilangan vaqtda har bir uyadosh
so‘zni o‘z o‘rniga qo‘ygan o‘quvchilar o‘yin g‘olibi bo‘ladilar.
Ot so‘z turkumini o‘rganishda, ayniqsa, ot sinonimlar ustida olib
boriladigan ishlar alohida o‘rin egallashi lozim. O‘quvchilar
nutqini ot
sinonimlar bilan boyitish maqsadida belgilangan vaqtda berilgan
so‘zlarning sinonimik qatorlarini hosil qilish, so‘zlarni ijobiy, salbiy
bo‘yog‘iga qarab guruhlarga ajratish, so‘zda ma’noni darajalab,
graduonomik qator hosil qilish (masalan,
uy–kulba–chayla–xona–
vayrona; xona–koshona–saroy–qasr–ko‘shk
)
kabi ijodiy-amaliy
ishlarni ham o‘yin tarzida tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilar nutqini antonim so‘zlar bilan boyitish maqsadida
ma’lum bir qator qarama-qarshi ma’noli so‘zlarning birinchi qismini
aytsa, ikkinchi guruh shu so‘zning qarama-qarshi ma’nosini aytadi.
Masalan, 1-qator:
kecha
, 2-qator:
kunduz
, 1-qator: y
er,
2-qator:
osmon
va h.k.
«Otlarning yasalishi», «Qo‘shma otlar va ularning imlosi», «Juft
otlar va ularning imlosi» o‘rganilar ekan, o‘quvchilarning so‘z
boyligini oshirish, imlo savodxonligini takomillashtirish, talaffuziy
me’yorlarni o‘rgatish masalasi o‘qituvchining
diqqat markazida
turishi kerak. Bu mavzularni o‘rganishda ko‘proq «Imlo lug‘ati»
asosida tashkil etiladigan o‘yinlar, so‘zlarni xatosiz yozishga oid
o‘yinlar, ma’lum bir imlo qoidasi talabiga ko‘ra yoziladigan so‘zlarni
ro‘yxat qilish kabilardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Xullas, ot so‘z turkumini o‘rganishda tashkil etiladigan o‘yinlar
o‘quvchilarning so‘z xazinasini boyitish, so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli
foydalanish, imloviy savodxonligini oshirish, talaffuz me’yorlarini
takomillashtirishga xizmat qilmog‘i kerak.