Ona tili o‘qitish metodiкasi


«O‘z qishlog‘ing nomini sharhlay



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«O‘z qishlog‘ing nomini sharhlay 
olasanmi?»
o‘yin-topshirig‘idan foydalansa, atoqli otlar imlosi ustida 
ishlash ham ularning savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. 
 «So‘zni o‘z uyasiga joylashtir
» o‘yini. O‘qituvchi o‘quvchilarga 
shaxs otlari, kasb-hunar otlari, o‘rin-joy nomlari kabilarni ifodalovchi 
ishlovchi, o‘quvchi, o‘qituvchi, maktabdosh, temirchilik, o‘tloq, 
qumloq, oshxona, ishxona kabi so‘zlarni aytib turadi. O‘quvchilar bu 
so‘zlarning shaxs otlari, kasb-hunar otlari, o‘rin-joy nomlari kabi 
uyalarga ajratib yozadilar. So‘zlarni o‘z uyasiga to‘g‘ri joylashtirgan 
o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhi o‘yin g‘olibi sanaladi. 
Berilgan qo‘shimchalar yordamida (masalan, 
-shunos, -chilik, -
dosh
va h.k.) kim ko‘p so‘z hosil qiladi. O‘quvchilarga bir yoki ikki 
daqiqa vaqt beriladi-da, berilgan qo‘shimcha yordamida so‘zlar hosil 
qilish topshiriladi. Belgilangan vaqtda belgilangan miqdorda so‘z 
hosil qila olgan o‘quvchilar o‘yin g‘olibi hisoblanadi. 
«O‘rmonda va hovlida
» o‘yini. O‘qituvchi o‘yin haqida 
o‘quvchilarga izoh beradi: o‘rmonda yashaydigan yovvoyi hayvonlar 
va hovlida yashaydigan uy hayvonlari nomlarini toping, hamda ularni 
ikki ustunga alohida ajratib yozib chiqing. O‘quvchilar yozadilar: 
o‘rmonda 
bo‘ri 
tulki 
sher 
ayiq 
hovlida 
qo‘y 
ot 
sigir 
echki 
Qaysi o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhi belgilangan vaqtda ko‘p 
hayvon nomini yozsa, o‘yin g‘olibi sanaladi. 
«Otlarda son» mavzusini o‘rganishda 
–lar
qo‘shimchasi bilan 
kelgan otlarni ma’no guruhlariga ajratib, shu ko‘shimcha yordamida 
hosil bo‘lgan so‘zlarning ma’nosini sharhlashga oid o‘yin-
topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq, deb bilamiz. 


196
Masalan, o‘quvchilarga ko‘chma doskaga yozilgan 
shaharlar, 
atamalar, unlar, Buxorolar, Salimalar, uyqularim, ko‘ngillarim, 
orzularim
kabi 
–lar
qo‘shimchasi bilan hosil bo‘lgan va turli 
ma’nolarni ifodalovchi so‘zlar beriladi-da, bu so‘zlarni: a) ko‘plik 
ma’nosini ifodalovchi so‘zlar; b) tur-jins ma’nosini ifodalovchi 
so‘zlar; v) hurmat ma’nosini ifodalovchi so‘zlar; g) jamlik ma’nosini 
ifodalovchi so‘zlar; d) ma’no kuchaytirilgan so‘zlar kabi ma’no 
guruhlarga ajratish topshiriladi. Belgilangan vaqtda har bir uyadosh 
so‘zni o‘z o‘rniga qo‘ygan o‘quvchilar o‘yin g‘olibi bo‘ladilar. 
Ot so‘z turkumini o‘rganishda, ayniqsa, ot sinonimlar ustida olib 
boriladigan ishlar alohida o‘rin egallashi lozim. O‘quvchilar nutqini ot 
sinonimlar bilan boyitish maqsadida belgilangan vaqtda berilgan 
so‘zlarning sinonimik qatorlarini hosil qilish, so‘zlarni ijobiy, salbiy 
bo‘yog‘iga qarab guruhlarga ajratish, so‘zda ma’noni darajalab, 
graduonomik qator hosil qilish (masalan, 
uy–kulba–chayla–xona–
vayrona; xona–koshona–saroy–qasr–ko‘shk
) kabi ijodiy-amaliy 
ishlarni ham o‘yin tarzida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
O‘quvchilar nutqini antonim so‘zlar bilan boyitish maqsadida 
ma’lum bir qator qarama-qarshi ma’noli so‘zlarning birinchi qismini 
aytsa, ikkinchi guruh shu so‘zning qarama-qarshi ma’nosini aytadi. 
Masalan, 1-qator: 
kecha
, 2-qator: 
kunduz
, 1-qator: y
er,
2-qator: 
osmon
va h.k. 
«Otlarning yasalishi», «Qo‘shma otlar va ularning imlosi», «Juft 
otlar va ularning imlosi» o‘rganilar ekan, o‘quvchilarning so‘z 
boyligini oshirish, imlo savodxonligini takomillashtirish, talaffuziy 
me’yorlarni o‘rgatish masalasi o‘qituvchining diqqat markazida 
turishi kerak. Bu mavzularni o‘rganishda ko‘proq «Imlo lug‘ati» 
asosida tashkil etiladigan o‘yinlar, so‘zlarni xatosiz yozishga oid 
o‘yinlar, ma’lum bir imlo qoidasi talabiga ko‘ra yoziladigan so‘zlarni 
ro‘yxat qilish kabilardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Xullas, ot so‘z turkumini o‘rganishda tashkil etiladigan o‘yinlar 
o‘quvchilarning so‘z xazinasini boyitish, so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli 
foydalanish, imloviy savodxonligini oshirish, talaffuz me’yorlarini 
takomillashtirishga xizmat qilmog‘i kerak. 


197

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin