200
ozoda
so‘zamol
rostgo‘y
mahmadona
rahmdil
beparvo
Shunday qilib, «Sifat» so‘z turkumini o‘rganishda
uning ichki
ma’no guruhlari ustida ishlash, sifatlar ishtirok etgan so‘z birikmalari
hosil qilish, bu so‘z turkumiga oid materiallarni
semantika va stilistika
bilan uzviy aloqadorlikda o‘rgatish, sifat sinonimlari va sifat
antonimlari ustida maxsus ish olib borish, har xil o‘yin,
topshiriqlardan foydalanish kabilar mazkur so‘z turkumini o‘rganishni
ancha osonlashtiradi.
O‘quvchi nutqining go‘zalligi,
rang-barangligi, jozibadorligi,
ta’sirchanligi ko‘p jihatdan sifat so‘z turkumiga oid bilimlarning
o‘quvchilar tomonidan puxta egallanganligiga bog‘liq. Mazkur so‘z
turkumi yuzasidan tashkil etiladigan mashg‘ulotlarning
asosiy
maqsadi o‘quvchilar nutqini sifatlar bilan boyitish, nutq go‘zalligini
ta’minlash, bu so‘zlarni nutqiy sharoitga mos ravishda to‘g‘ri va
o‘rinli qo‘llash, mazkur turkumga oid so‘zlarni yoza olish
malakalarini egallashdan iboratdir.
К
o‘rinib
turibdiki, sifatlarni
o‘rganishda o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish eng asosiy
talablardan biri sanaladi.
Modomiki shunday ekan, mazkur so‘z
turkumidan tashkil etiladigan ta’limiy o‘yinlar ham, avvalo, shu
maqsadga xizmat qilishi, ya’ni bolalarning so‘z zaxirasini
rivojlantirishga qaratilishi kerak. Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan
maqsadni amalga oshirishda o‘quvchilar sifatlarning ma’no
guruhlari,
shakl-hajm sifatlari, maza-ta’m sifatlari kabi ma’noviy guruhlar ustida
ish
olib borishar ekan, ular har bir ma’no guruhiga kiruvchi
so‘zlarning lug‘atini tuzadilar va qarama-qarshi ma’noli so‘zlarni
topish kabi ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Bu topshiriqlar
o‘yin
tarzida tashkil etilsa, mashg‘ulotlar qiziqarli va samarali bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: