Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«Juftini tanlang
» o‘yini. Bu o‘yinda o‘qituvchi juft sifatlarning 
1-qismini aytib boraveradi, o‘quvchilar esa uning har ikkala qismini 
daftarlariga yozib boradi, berilgan sifatlarning juftini to‘g‘ri yozgan 
o‘quvchilar o‘yin g‘olibi sanaladilar. 
Namuna: 
mayda–chuyda, turli–tuman, yaxshi–yomon, past–
baland, uzoq–yaqin, egri–bugri, shirin–achchiq, chaqqon–dangasa, 
oq–qora, qorong‘i–oydin ... 
Sifatlarning ma’no guruhi yuzasidan tashkil etiladigan o‘yinlar 
nutqiy faoliyatda to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash bilan yakunlanishi lozim. 
O‘quvchilarga tuzilgan uyadosh so‘zlardan foydalanib gaplar tuzish, 
matn yaratish, gap va matn tarkibidagi ajratilgan so‘zlarni ularning 


203
boshqa uyadoshlari yoki ma’nodoshlari bilan almashtirib, ularni 
o‘zgartirish kabi topshiriqlarni berish maqsadga muvofiqdir. 
Ma’lumki, tilimizda mavjud bo‘lgan sinonimlarning ko‘pgina 
qismini sifat sinonimlar tashkil etadi. O‘quvchilar nutqini sifat 
sinonimlar bilan boyitish maqsadida berilgan tayanch so‘zlarga 
ma’nodoshlar topish (masalan, 
katta, gigant, ulkan, buyuk, ulug‘; 
chiroyli, go‘zal, latofatli, sohibjamol, parivash
), sinonimik qatordagi 
so‘zlarni oddiy bo‘yoqli va badiiy bo‘yoqli so‘zlarga ajratish kabi 
ijodiy-amaliy xarakterdagi o‘yin tariqasida o‘tkazilishi yaxshi natija 
beradi. 
Masalan, 
«So‘zlar guldastasini tuzing
» o‘yini. Bu o‘yinda 
o‘qituvchi sifatlardan namunalar keltiradi va ularning sinonimlarini 
topish orqali so‘zlar guldastasini yasashni topshiradi. Namuna: 
sara – 
sarxil – asil – mumtoz; qadrli – aziz – qadrdon – qimmatli; bepoyon – 
poyonsiz – cheksiz; loyiq – munosib–muvofiq – mos – monand. 
«So‘zlar bo‘yog‘ini aniqlang
» o‘yini. O‘qituvchi sifat sinonimlar 
majmuasini doskaga yozadi, ularni oddiy va badiiy bo‘yoqdor 
so‘zlarga ajratib yozish uchun sinfni ikki guruhga ajratadi. 
Belgilangan vaqtda topshiriqni to‘g‘ri bajargan guruh g‘olib bo‘ladi.
Berilgan so‘zlar: 
beg‘ubor, toza, sof, musaffo; yorug‘, nurli, 
charog‘on, yorqin, munavvar, porloq, ravshan, nurafshon; inoq, ahil, 
totuv, ittifoq; sezgir, ziyrak, tuyg‘un, hushyor, sergak, tiyrak; saxiy, 
himmatli, saxovatli, hotam, tanti; botir, jasur, dovyurak, 
qo‘rqmasalan, shijoatli, mard, yovqur.
Oddiy bo‘yoqli so‘zlar: 
toza, yorug‘, inoq, sezgir, saxiy, botir. 
Badiiy bo‘yoqli so‘zlar: 
musaffo, munavvar, totuv, tuyg‘un, 
hotam, dovyurak. 
Ma’lumki, sifatlarning yozilishi ustida ishlash ham o‘quvchilar 
savodxonligini oshirishda asosiy o‘rin egallaydi. Bu ishni amalga 
oshirishda ham turli o‘yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Jumladan, 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin