Ona tili o‘qitish metodiкasi


Darsni xulosalash jarayoni



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Darsni xulosalash jarayoni. 
Darsni xulosalash ham ancha 
mas’uliyatli jarayon bo‘lib, u egallangan bilimlar amaliy faoliyatda 
sinalgandan so‘ng o‘tkaziladi. O‘quvchilar darsning bu bosqichida 
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarga tayangan holda o‘zlari 
ta’rif va qoidalar chiqaradilar. 
Uyga vazifa berish darsni xulosalash bilan birga qo‘shib olib 
boriladi. O‘qituvchi uyga berilayotgan topshiriq sharti o‘quvchilarga 
tushunarli bo‘lishini ta’minlashi, zaruriyat tug‘ilsa, uni bajarish usuli 
haqida qo‘shimcha ma’lumot berishi zarur. 
Uy vazifasi darsning tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun ham u 
qo‘ng‘iroq chalinmasdan oldin berilishi kerak. 
Vaqt taqsimoti ham dars samaradorligini ta’minlashning muhim 
omili sanaladi. 
ONA TILIDAN DARS TURLARI 
Ona tili darslarining maqsadi va tuzilishidan kelib chiqib, uni ikki 
katta guruhga ajratish mumkin: 1. Ta’limiy darslar. 2. Nazorat 
darslari. 
Ona tilidan ta’limiy darslar. 
Ta’limiy darslarni 4 katta guruhga 
ajratish mumkii: 


93
1. Yangi bilim berish darslari. 
2. 
К
o‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari. 
3. O‘rganilganlarni takrorlash darslari. 
4. Xatolar ustida ishlash darslari. 
Yangi bilim berish darsi
keng tarqalgan dars turlaridan biri 
bo‘lib, bu darsda o‘quvchilar yangi zaruriy bilimlar bilan 
qurollantiriladi va o‘rganilganlar yuzasidan dastlabki malakalar hosil 
qilinadi. Darsning bu turi uy vazifasini tekshirish, egallangan bilimlar 
yuzasidan ko‘nikma va malakalar hosil qilish, darsni xulosalash, uyga 
vazifa berish singari unsurlarning yig‘indisidan iborat. 
Yangi bilim berish darsi darsning boshqa bosqichlarida 
bajariladigan ishlarni o‘ziga bo‘ysundiradi. Uy vazifasini tekshirish va 
o‘rganilganlarni takrorlash yangi bilimlarni puxta egallashga 
tayyorlasa, mustahkamlash, xulosalash, uyga vazifa berish egallangan 
bilimlarni amaliyotda qo‘llashga keng yo‘l ochadi. 
Yangi bilim berish darslari faqat tilning turli tomonlariga oid 
bilimlarni egallash masalalari bilangina bog‘liq bo‘lmasdan, 
bilimlarni qay darajada o‘zlashtirish muammosi bilan ham uzviy 
bog‘langan. O‘quvchi darsda olgan bilimlarini o‘z so‘zlari bilan aytib 
bera olishi, o‘rgangan bilimlariga doir dalil keltira olishi, o‘rganilgan 
bilimlarni oldin egallangan bilimlardan ajrata bilishi lozim.
Yangi bilim berish darslari bilimlarni tayyor holda bayon qilib 
berish emas, albatta. O‘quvchilarning ijodiy fikrlashga tayanib ish 
ko‘rishi yangi bilim berish jarayonida ham davom ettiriladi. Bu 
darslarda ham tushuntirish-namoyish etish metodidan kamroq, 
muammoli vaziyatlar yaratish, o‘quvchilarni ijodiy faoliyat 
ko‘rsatishga undovchi metodlardan ko‘proq foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin