Optika 1-Laboratoriya ishi yorug’likning qaytish va sinish qonunlarini o’rganish



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə16/45
tarix11.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#131601
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Optika labaratoriya

O’Z-O’ZINI SINASH UCHUN SAVOLLAR

1. Nima uchun optik zichligi ikki xil bo’lgan muhitlar chegarasida yorug’lik sinadi ?


2. Yorug’lik dispersiyasi deb qanday hodisaga aytiladi ?
3. Prizmaning sindirish ko’rsatkichi goniometr yordami­da qanday aniqlanadi.


7 - laboratoriya ishi


SUYUQLIKLAR SINDIRISH KO’RSATKI­CHINI
"URL" REFRAKTOMETRI YORDAMIDA ANIIQLASH
[15.486-492, 20.400-48]


Ishning maqsadi. “Url” refraktometrining ishlash prinsipi bilan tanishish, suyuq eritma (aralashma) larning sindirish ko’rsatkichini aniqlash.


ISH TO’G’RISIDA NAZARIY TUSHUNCHA
URL (Universalnыy refraktomer laboratornыy) refrak­tometri sindirish ko’rsatkichi 1,2 dan 1,7 gacha bo’lgan suyuqliklarning sindirish ko’rsatkichini va eritmadagi qandning konsentratsiyasini noldan 95% gacha keng temperatura oralig’ida aniqlash imkonini beradi. O’lchash uchun juda oz miqdorda (0,2 ml.) suyuqlik namunasi yetarlidir. Refraktometr to’la ichki qaytish hodisasiga yoki limitik sinish burchagi shartiga asoslanib ishlaydi. O’lchanishi lo­zim bo’lgan suyuqlik tomchisi ikkita prizma orasidagi tuta­shuvchi tekisliklarga tomiziladi. 4-prizma yoritish prizma­si, 5-prizma esa o’lchat prizmasi deyiladi (17-rasm). Yorug’lik manbai (I) dan chiqayotgan nur ikki va uch konden­sor orqali o’tib, yoritish prizmasi 4 ning kirish qirg’og’iga tushadi. Yorug’lik nuri yupqa suyuqlik qatlamidan o’tib, o’l­chash prizmasi va suyuqlik chegarasida sinadi. Limitik si­nish shartiga asosan:
nc=n0Sin0 (7.1)
bo’lib, bu yerda, nc tekshirilayotgan suyuqlikning sindirish ko’rsatkichi, n0 prizma moddasining sindirish ko’rsatkichi, 0 limitik (chegaraviy) sinish burchagi.

17 - rasm
Chegaraviy turli burchakda singan nurlar o’lchash prizma­sidan chiqib, 6-to’g’ri ko’rish prizmasidan o’tadi va 7­-qaytaruvchi prizmada 90° ga burilib, ko’rish trubasining ob’ektivi 8- da fokuslanadi. Ko’rish maydonida keskin che­garalangan yopyg’ va qopong’y soxalar hosil bo’ladi. Soyaning chegarasi chegaraviy nurlar hisoblanadi. Ko’rish maydo­nidagi turli xil ranglarni (dispersiya) 7 kondensor orqali yo’qotiladi. Qo’zg’almas shkala 10 ga nisbatan soya che­garasining vaziyatini aniqlash uchun ko’rish trubasi asta-sekin burib siljitiladi. Ko’rish maydonidagi "Krest" bel­gisi soyaning aniq chegarasiga o’rnatiladi va chap shkaladan sindirish ko’rsatkichi o’qiladi. Shkalaning o’ng tomoni esa qand eritmasining konsentratsiyasiga mos keluvchi qiymatlarda darajalangan bo’lib, bir vaktning o’zida qandning eritmadagi protsent miqdorini ham aniqlash im­konini beradi. 17 - rasmda 9 – to’r, 11 - va 12 - esa ko’rish trubasining okulyaridir. 6 - to’g’ri ko’rish trubasi disper­siyani kompensatsiyalash - yo’qotishda ishlatiladi.
Kepakli asbob va materiallar: "URL" refraktometri, distillangan suv, osh tuzi va shakar eritmasi, spirt va boshqa suyuqliklar.



Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin