Ishning maqsadi: Maktab spektroskopi tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish va spektroskop shkalasini to’lqin uzunliklarida darajalash.
ASBOBNING TAVSIFI Maktab spektroskopi 37-rasmda tasvirlangan. Spektroskop ham goniometr kabi uch oyoqli A massiv asosga o’rnatilgan K kollimator, D prizma stolchasi, T ko’rish trubasidan iborat bo’lib, turli moddalar chiqarish va yutilish spektrlarini sifat jihatdan o’rganish imkonini beradi.
37-rasm
Spektroskopning ko’rish trubasini asosga nisbatan siljiydigan qilib, unda miqdoriy o’lchashlarni ham bajarish mumkin. Buning uchun spektroskop asosiga nisbatan siljiydigan qilib maxsus mikrometrik vint V o’rnatiladi. Mikrometrik vint buralganda ko’rish trubasi asta-sekin chap tomonga siljiydi. Uch oyoqli asos o’qiga mahkamlangan maxsus prujina o’ngga burab surib turadi. Shuning uchun mikrometrik vint chapga buralganda, ko’rish trubasini asta-sekin o’ng tomonga surib boradi. Mikrometrik vint millimetrining 1/50 ulushiga yoki 1/10 ulushiga darajalangan bo’ladi.
Chiziqli spektrlari to’lqin uzunliklari aniq bo’lgan elementlar (vodorod, neon, geliy, simob bug’i va h.k) spektrlarini kuzatib, mikrometrik vint ko’rsatishlari va n spektr chiziqlariga mos keluvchi to’lqin uzunliklari orasidagi bog’lanish jadvalini yoki grafigi =f(n)ni tuzib olish mumkin. Bu esa, ixtiyoriy spektrda o’lchashlar bajarish imkonini beradi.
K kollimator tirqishi maxsus vint yordamida 0,5; 0,3 mm atrofida qilib ishlangan bo’lib, u spektrni aniq va ravshan qilish imkonini beradi (38-rasm).
38-rasm
D prizma amalda kichik qiyalik burchagi hosil qiladigan qilib o’rnatiladi, ya’ni prizma uning sindiruvchi qirrasiga perpendikulyar tekislikda (bosh kesim tekisligida) yotgan nurlar yo’li simmetrik bo’ladigan vaziyatda o’rnatiladi. Prizma ichida singan nur prizma asosiga parallel yo’nalishda ketadi.
Kerakli asbob va materiallar: Spektroskop, vodorod, neon, geliy, argon gazi to’ldirilgan trubkalar, uch yoqli prizma, millimetrli qog’oz, Rumkorf g’altagi.