2-mashq. Stefan-Bolsman doimiysini aniqlash
Kerakli asboblar va materiallar: OPPIR-09 pirometri, cho’g’lanma lampa, transformator, voltmetr, ampermetr, reostat, kalitlar.
ISHNING BAJARILISH TARTIBI
1. 4-rasmdagidek zanjir (a va b) yig’ing va 1-mashqdagidek ish yuritib, pirometr ishlashini kuzating.
2. Pirometr strelkasini (TK) nol nuqtaga keltirib, r halqani chapga burab eng katta qarshilik tanlanadi.
3. r halqani asta-sekin soat strelkasi yo’nalishida aylantirib, 1000 K ga yaqin holatga keltiriladi.
4. Okulyar tubusini surib, aniq tasvirga erishiladi va L lampa tarmoqka ulanib, uning spirali pirometr orqali kuzatiladi.
5. Ob’ektiv tubusini siljitib, L lampa nakaliga fokuslang va pirometr spirali bilan lampa spiralini bir tekislikda joylashtirishga erishing.
6. Cho’g’langan tola fonida pirometr tolasi yo’qolguncha r halqa u yoqdan bu yoqqa burab boriladi va tola yo’qolgan temperatura yozib olinadi.
7. Tx=tv+Δt formula yordamida xaqiqiy temperatura hisoblanadi.
8. Cho’g’lanma lampa zanjiridagi U1 kuchlanish va I tok kuchini aniqlab, yozib oling.
9, σ=IU1/S(T4-T4v) formulaga olingan qiymatlarni qo’yib Stefan-Bolsman doimiysini hisoblang. S-cho’g’lanma tola yuzasini alohida hisoblab toping.
10. L cho’g’lanma lampaga berilayotgan kuchlanishni bir oz kuchaytiring va o’lchashni yana takrorlang. Natijalarni jadvalga yozib boring.
11. Pirometr ob’ektivi ustidagi bulutsimon (tutunsimon) filtrni tutashtiruvchi kallakni o’ngga burab qo’ying va okulyardan qapa6 ob’ektivni sozlab, fokuslang.
12. 1400-2000 shkalasi bo’yicha temperaturani aniqlang va σ ni hisoblab,olingan natijalarni 4-jadvalga yozib boring.
4-jadval
Ti, K
|
T, K
|
I, mA
|
U1, V
|
σ, W/(m2·K4)
|
Dostları ilə paylaş: |