ISHNING BAJARILISH TARTIBI
Kerakli asboblar va materiallar: TG-0,1/0,3 gazli lampa, 0-50 V orasidagi kuchlanishni o’lchaydigan voltmetr, mikroampermetr, o’zgarmas tok manbai, reostat.
Eslatma: tok manbai kuchlanishni uzluksiz o’zgartira oladigan to’g’rilagich (vipryamitel) bo’lsa, reostatning keragi yo’q.
3-rasm
1. 3-rasmdagi sxemani tuzing.
2. Katodni 6 V dan oshmaydigan kuchlanishda qizdiring. (elektronlar hosil bo’lishi uchun).
3. Anodga beriladigan kuchlanishni asta-sekin orttirib, sxemaning ishlashini tekshiring.
4. Sxema to’g’ri ishlashiga ishonch hosil qilgandan so’ng kuchlanishni orttirib, lamlaning voltamper xarakteristikasini oling.
5. Voltamper xarakteristikasini aniqlash davomida birinchi marta tok kuchi kamayadigan kuchlanishni aniqlang.
6. Natijani 2-jadval ko’rinishida yozib, grafigini chizing.
2-jadval
№
|
VA, V
|
VT, V
|
IH, A
|
IA, A
|
O’Z-O’ZINI SINASH UCHUN SAVOLLAR
1. Rezerford tajribasida -zarrachalarining sochilishini tushuntiring.
2. Vodorod spektrining kvantlanishini tushuntiring.
3. Bor postulatlarining ahamiyati nimada?
3-laboratoriya ishi
ISSIQLIK NURLANISH QONUNLARINI O’RGANISH
[15.691-716,18.323-336,19.235-239,25.48-62.]
Ishning maqsadi: Optik pirometrning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish, issiqlik nurlanishi qonunlarini o’rganish
ISH TO’G’RISIDA NAZARIY TUSHUNA
Moddalar molekulalari va atomlarining issiqlik harakati tufayli ulardan elektromagnit to’lqinlarining nurlanishi issiqlik nurlanishi deb ataladi. Issiqlik nurlanishining intensivligi va uning spektral tarkibi temperaturaga, moddaning agregat holatiga va kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’ladi.
Moddaning muayyan teperaturadagi to’la nur chiqarish va to’la nur yutish qobiliyatlarining nisbati o’zgarmas kattalik bo’lib, u ayni temperaturadagi absolyut qora jismning to’la nur chiqarish qobiliyatiga teng bo’ladi (Krixgof qonuni):
(3.1)
bu ifoda to’lqin uzunligi orqali quyidagi ko’rinishda yoziladi:
(3.2)
Demak, ixtiyoriy jismning nur chiqarish va nur yutish qobiliyatlarining nisbati bu jismning tabiatiga bog’liq bo’lmay, barcha jismlar uchun to’lqin uzunlik va temperaturaning universal funksiyasidir va u absolyut qora jismning nur chiqarish qobiliyati ET ga tengdir.
Absolyut qopa jismning to’la nur chiqarish qobiliyati temperaturaning to’rtinchi darajasiga proporsional bo’ladi (Stefan-Bolsman qonuni):
Et=σT4 (3.3)
bu yerda, σ-Stefan-Bolsman doimiysi bo’lib, uni tajribada aniqlash mumkin.
σ=5,67·10-3 W/m2 K4.
Vinning siljish qonuni. Absolyut qora jism nur chiqarish qobiliyatining maksimumiga mos keluvchi k to’lqin uzunligining absolyut temperaturaga ko’paytmasi o’zgarmas kattalikdir:
kT=b (3.4)
b-Vin doimiysi deyiladi. b=2,878·10-3 mk.
Issiqlik nurlanishi qonunlari asosida olis masofadagi jismlar temperaturalarini va yuqori temperaturalarni aniqlash mumkin. Bu usul optik pirometriya deb ataladi. Amalda radiatsion va ravshanlik pirometrlari qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |