ASBOBNING TAVSIFI
Shisha prizmaning sindirish ko’rsatkichi 15-rasmda keltirilgan usulda aniqlanadi. Goniometr stolchasiga uchyoqli shisha prizma P o’rnatilib, kollimator K orqali unga M manbadan oq yorug’lik tushiriladi. Uning tarkibiy qismlarga ajralishi va nurlarning og’ish burchaklari ko’rish trubasi T ni goniometr asosiga vertikal o’q atrofida aylantirib, darajalangan limb orqali aniqlash mumkin.
15-rasm. Goniometr
Demak, kollimator K parallel nurlar dastasini hosil qilib beradi. Goniometr bilan ishlaganda ko’rish trubasi cheksizlikka fokuslanadi, ko’rish trubasi ichidagi chiziq vertikal holatga keltirib olinadi. Buning uchun: trubani tutib turuvchi vint bo’shatilib, truba o’z o’qi atrofida aylantiriladi. Zamonaviy G-5, GS-5 kabi goniometrlar ishlash prinsipi ham bir hil bo’lib, ularda katta aniqlik bilan o’lchashlar bajarish mumkin.
Kedakli asbob va materiallr.' goniometr, uch yokli prizma, yorug’lik manbai (Neon lampa).
ISHNING BAJARILISH TARTIBI
1. Goniometrni ishga sozlang. Ko’rish trubasini cheksizlikka fokuslang va tubus bilan ko’rish trubasini bir to’g’ri chiziqqa keltiring va manbaga sozlang.
2. Prizmani stolchaga, bir uchi bilan kollimator tomonga, parallel nurlar AC tomonga perpendikulyar tushadigan qilib o’rnating (16-rasm).
3. Ko’rish trubasini prizmaning chap sindirish sirtidan qaytgan nurlar hosil qilgan tirqish tasviri ko’rinadigan qilib o’rnating va ni limbdan qiymatini yozib oling.
4. Ko’rish trubasini asta sekin o’ng tomonga burib, nurlar hosil qiluvchi tirqish tasvirini kuzating va yana natijani 2-limbdan yozib oling.
16-rasm
5. =B/2 bo’lganligidan kuzatilgan burchaklar , lar farqidan ni toping va olingan natijalarni jadvalga yozib boring, tajribani 7-10 marta takrorlang.
6. Eng kichik og’ish burchagi ni topish uchun prizmani stolchaga shunday o’rnatingki, bunda kollimatordan chiqqan nurlar uning sindiruvchi sirtlaridan biriga taxminan 45° burchak ostida kelib tushsin (14-rasmga qarang).
7. Ko’rish trubasidan neon lampa spektrini kuzating va spektr kollimator o’qi tomonga siljiydigan yo’nalishda stolchani va spektr ketidan ko’rish trubasini ham asta- sekin burib boring.
8. Ma’lum burchakka burib borgach, spektr to’xtab, orqaga harakat qilganini kuzatasiz. Shu to’htab, orqaga ketishi boshlangan burchak eng kichik og’ish burchagiga teng bo’ladi. Shu natijani yozib oling va tajribani 7-10 marta takrorlang.
9. Ko’rish trubasining belgi chizigini spektrga to’g’rilab, o’nga mos keluvchi ni limbdan yozib oling.
10. Prizmani qarama-qarshi tomonga burib, va lar aniqlanadi (8-9 punkt) va ular jadvalga yozib olinadi. =2 ekanligini hisobga oling.
11. Olingan natijalardan foydalanib, sindirish ko’rsatkichi n ni aniqlang.
12. Spektrning boshqa chizig’i uchun ham tajribani takrorlab ko’ring. Bu yerda qizil va yashil nurlarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
13. Turli spektral chiziqlar uchun dispersiya egri chizig’ini chizing va prizma dispersiyasining o’rta chizigini aniqlang .
(6-8)
14. Olingan natijalarni 10-jadvalga yozing va o’lchash hatoligini baholang.
10-jadval
№
|
chap
|
o’ng
|
φ
|
|
Nq
|
nya
|
Do’r
|
Dostları ilə paylaş: |