O’qituvchi: B. Umarov Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot



Yüklə 3,94 Mb.
səhifə3/4
tarix26.11.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#136041
1   2   3   4
Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi

Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot.
Psixologiya fani nazariyasi va amaliyoti ajralmas birlikni tashkil etadi. Albatta, ular o’rasida muayyan farq mavjud. O’rtadagi farq ularning maqsadlari, konseptual apparati, metodologiyasi va ular doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarda yaqqol namoyon bo’ladi.
Fundamental-nazariya tadqiqotlarning asosiy maqsadi amaliyot uchun bo’lgan ahamiyatidan qa’tiy nazar, psixik hodisalar haqidagi bilimlarni kengaytirib borishda iborat. Amaliy psixologiya esa kundalik hayot bilan bog’liq konkret muammolarni hal etishga qaratilgan tadqiqotlarni o’tkazadi.
Fundamental tadqiqotlarda tadqiqotchi shaxsining ta’sirisiz ham ilmiy metod o’z vazifalarini bajaradi. Ammo amaliy psixologiyada psixolog shaxs metodning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi. Nazariy izlanishlarda qo’llanayotgan metodlarning ishonchliligi, validligi, reprezentativligi muhim ahamiyat kasb etsa, amaliy psixologiyada bo’lar asosiy rolni o’ynamaydi. Shunga qaramay, bola psixik taraqqiyotiga xos qonuniyatlar va nazariy bilimlarni egallabgina haqiqiy professional mo’taxassis-psixolog, tarbiyachi bo’lib yetishish mumkin. L.F.Obuxova o’rinli ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi sohasidagi nazariy vazifalar hal etilgandan keyin ilmiy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ham kengaydi.
Har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo’lgan davirdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va pisxologlar, ota onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimiz prezdenti I.A.Karimov asarlarida O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’rsida”gi Qonunda, Kadrlar tayorlash Milliy dasturida, Milliy istiqlol g’oyasi; asosiy tushincha va tamoyillarida tarbiyachilar, pedagoglar oldiga ulkan vazifalarni yuklamoqda.
Anashu vaziflarni amalyotda o’z ifodasini toptirishda bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi fani muhum ro’l o’ynaydi.
Bolalar psixologiyasi- psixologiya fanining alohida tarmog’i bo’lib, u tirli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qonunyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichdan boshqasiga o’tish qonunyatlarini o’rganadi.Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug’ulgandan yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan.

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin