Sanoatlashtirish — bu ko‘pgina ishlab chiqarish jarayonlarini qurilish
maydonchalarida zavod muhitiga ko‘chirish demakdir. qurilish ishlab chiqarishini
sanoatlashtirishga tipik misol bo‘lib, o‘z vaqtida tashkil qilingan va hozir ham amal
qilayotgan uy-qurilish kombinatlari temur-beton mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi
zavodlar qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqaradigan kombinatlar hisoblanadi.
Ish mexanizatsiyasi koeffitsienti —
mexanizatsion
yo‘l
bilan
bajariladigan ish hajmining umumiy bajarilgan ish hajmiga nisbati.
Mehnatning mexanik qurollanganlik koeffitsienti — mexanizatsion yo‘l bilan
bajarilgan ish hajmining umumiy bajarilgan ish hajmiga nisbati
Ishning energetik qurollanganlik koeffitsienti — qurilishda ishlatiladigan
mashina va mexanizmlar dvigatellarining umumiy quvvatining yillik qurilish
montaj ishlari hajmiga nisbati. Ushbu ko‘rsatkich kVt’da o‘lchanadi.
Institutlar — birlamchi tadqiqotlarga ixtisoslashgan va fanning ma’lum bir
sohasidagi rivojlanish uchun javobgar tashkilot.
Ilmiy tadqiqot institutlari — ikqilamchi tadqiqiy ishlariga ixtisoslashgan va
ma’lum bir tarmog‘i ishlab chiqarish yoki ilmiy texnik darajasiga javobgar bo‘lgan
tarmoqli tashkilot.
Loyihalash, konstruktorlik, texnologik tashkilotlar, texnologik iqtisodiy tadqiqot institutlari — konstruktorlik texnologik loyihalash yoki tashkiliy ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan mahsulot samaradorligi, texnologiyasi ishlab chiqarishni
tashkil etish va loyihalarga javobgar hisoblanuvchi tarmoqli tashkilotlar. Bu erga u
yoki bu institutlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar kirmaydi.
Korxonalarni texnik qayta jihozlash- qayta ta’mirlash elementlaridan biri,
uchastkalar, sexlardagi asosiy fondlarning faol qismining texnik va iqtisodiy
darajasini yuksaltirishga, yangi texnika, texnologiyalar, yangi materiallar va
energetika resurslaridan foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.