O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik


  MAJMUANING QISQACHA ANNOTATSIYASI



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org


MAJMUANING QISQACHA ANNOTATSIYASI 

O‘quv-uslubiy majmua – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bakalavriat va
magistratura ta’lim bosqichilarining O‘quv rejalarida aks etgan fanlar bo‘yicha professor-
o‘qituvchining dars jarayoniga o‘quv-uslubiy tayyorligini tasdiqlovchi eng muhim mezon,
me’yoriy-uslubiy hujjatdir.
Majmuaning asosiy maqsadi – avvalombor fanning o‘qituvchisi, xuddi shuningdek
talaba uchun, fanni har tomonlama sermazmun, chuqur nazariy, uslubiy va amaliy tarzda
etkazish (talaba uchun – o‘zlashtirish) uchun yagona o‘quv-uslubiy va axborot-resurs
manbaini yaratish hisoblanadi.
O‘quv-uslubiy majmua Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriatta’lim
yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u jumladan quyidagi tarkibiy tuzilishga ega:

fanning me’yoriy-uslubiy ta’minoti,

fanning mazmuni va axborot-resurs ta’minoti,

fanni o‘qitishning interaktiv texnologiyalari,

talabalarning bilimini baholash uslubiyoti, 


qo‘shimcha elektron ta’lim resurslarini o‘z ichiga olgan.
Ilg‘or xorijiy tajriba bilan uzviylik. 
Mazkur majmua ilg‘or xorijiy tajribani keng o‘rganish, umumlashtirish va undan
ta’lim va tadqiqotlar jarayonida samarali foydalanish mahsulidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 20 aprelda imzolangan
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»”gi qarorda “har bir
oliy ta’lim muassasasi jahonning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik
aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or
pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy
qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga
xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb
qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant,
yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni
qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish”
1
vazifalari alohida ta’kidlangan.
Ushbu qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ta’lim va
tadqiqotlarning mazkur axborot-resurs manbaini ishlab chiqishda Dankin Universiteti,
Massachusets Texnologiya instituti va Nyu-York Davlat Universiteti (AQSH), Oksford
Universiteti, Bat Universiteti va London Metropoliten Universiteti (Buyuk Britaniya),
Bremerxafen Universiteti (Germaniya), Vaseda Universiteti (YAponiya), Kemyong
Universiteti (Koreya Respublikasi), SHanxay Universiteti (XXR) va boshqa etakchi
xorijiy universitetlar boy ijobiy tajribasidan samarali foydalanildi.

1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 20 апрелдаги “Олий таълим тизимини янада


ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида»”ги 2909-сонли Қарори. “Халқ сўзи” газетаси, 2017 йил
21 апрель.





Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin